Jahon | 20:04 / 16.04.2022
8377
1 daqiqa o‘qiladi

Bishkekda Qirg‘iziston prezidenti administratsiyasi uchun yangi bino qurilishi boshlandi 

Ta’kidlanishicha, yangi ma’muriy majmuaning qurilishi markaziy boshqaruv apparati ishini maqbullashtiradi, tuzilmalar hamkorligi jadallashadi.  

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Bishkekdagi prezident administratsiyasi uchun yangi bino qurilishiga kapsula qo‘ydi. 

Qayd etilishicha, ilgari bu yerda «Issiq-Ko‘l» mehmonxonasi joylashgan bo‘lib, bino yaroqsiz holga kelib qolgandi.

Japarov prezident administratsiyasi binosi qarshisida joylashadigan ma’muriy majmua konsepsiyasi bilan tanishdi.

Ta’kidlanishicha, yangi ma’muriy majmuaning qurilishi markaziy boshqaruv apparati ishini maqbullashtiradi, tuzilmalar hamkorligi jadallashadi. 

Bundan tashqari, poytaxt markaziy qismidagi ko‘chalar va yo‘llardagi tirbandliklar kamayadi.

Majmua Qirg‘izistondagi eng zamonaviy binolardan biri bo‘lishi aytilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid