09:51 / 17.04.2022
15563

Toshkent viloyatining to‘rt tumanida IIBning yangi boshliqlari tayinlandi

Toshkent viloyati IIBB tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Ichki ishlar vazirining 14 apreldagi buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Podpolkovnik Azizbek Aliasqarov Toshkent viloyati IIBB 1-mintaqaviy hudud, Parkent tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Azizbek Aliasqarov

Azizbek Aliasqarov tayinlovga qadar viloyat IIBB 2-mintaqaviy hudud Ohangaron tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Erkinjon Boymuhamedov Toshkent viloyati IIBB 3-mintaqaviy hudud, Bekobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Erkinjon Boymuhamedov

Erkinjon Boymuhamedov tayinlovga qadar O‘rta Chirchiq tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Ilg‘or Turg‘unov Toshkent viloyati IIBB 3-mintaqaviy hudud, Oqqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ilg‘or Turg‘unov

Ilg‘or Turg‘unov tayinlovga qadar Toshkent viloyati IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasida bo‘linma boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Dilshod Husanov Toshkent viloyati IIBB 4-mintaqaviy hudud, Quyi Chirchiq tumani IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Dilshod Husanov

Dilshod Husanov tayinlovga qadar viloyat IIBB 1-mintaqaviy hudud Qibray tumani 3-sonli IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Mavzuga oid
Top