Yuzlab tadqiqotçi iqtisodçilarni birlaştirgan Centre for Economic Policy Research (CEPR) markazi «Ukrainani qayta quriş rejasi» nomli hisobotini e’lon qildi. Bu iqtisodçilar va ommaviy axborot vositalari tomonidan Yevropa Ittifoqining faol iştirokida mamlakat iqtisodiyotining uruşdan keyingi tiklaniş ssenariysi yoki Ukraina uçun «Marşall rejasi» sifatida atalmoqda.

Hisobot mualliflari orasida MIT, Harvard, Stokholm va Kiyev iqtisod maktablari professorlari bor. Uşbu loyihaning asosiy muallifi sifatida asli ukrainalik, Kiyev-Mogila akademiyasi bitiruvçisi, oxirgi ön yillikning eng taniqli iqtisodçilaridan biri, Berkli universiteti professori Yuriy Gorodniçenko nomi tilga olingan. «Meduza» naşri Gorodniçenko bilan uruşdan keyingi Ukrainani tiklaş qanday keçişi haqida suhbatlaşdi.

— Nima uçun Ukrainani tiklaş rejasi hozirdanoq muhokama qilinmoqda? «Marşall rejasi» ham, uruş tugagaç, 1948 yildan boşlab amalga oşirila boşlangandi?

—Birinçidan, xatolardan saboq olişimiz kerak. «Marşall rejasi» uruş tugaganidan bir neça yil ötgaç tayyor böldi va bu davr mobaynida Yevropa qiyin kunlarni boşdan keçirdi. Agar «Marşall rejasi»ni işlab çiqiş ilgariroq boşlanganda edi, köp azob-uqubatlar va oğriqlardan qoçiş mumkin bölardi. Demak, qaysidir ma’noda ötmişdagi xatolarni hisobga oldik. 

Ikkinçidan, uruş davom etmoqda, uning qanday tugaşi hali ham noaniq. Ammo bu Ukrainani tiklaş haqida öylaş vaqti emasligini anglatmaydi. Ikkinçi jahon uruşi tajribasini körib çiqaylik: sovetlar ittifoqi, AQŞ va Buyuk Britaniya uruş davom etayotgan paytda ötkazilgan Yalta konferensiyasida dunyoning uruşdan keyingi tartibotini muhokama qilişgandi.

Ukrainani qayta quriş dasturi juda ham murakkab voqea, köplab taşkiliy harakatlar, muvofiqlaştirişlarni talab qiladi. Uruş tugagaç, Ukrainani tiklaşga yordam berişga qaratilgan bu yangi reja allaqaçon işlaşga tayyor holatga keltirilgan.

—Sizlar işlab çiqqan reja kelajak haqidagi bir neça taxminlarga asoslangan, ammo unda uruş qança vaqt davom etişi haqida aytilmagan. Hisob-kitoblarda uruşning qança vaqt davom etişi mumkinligini ham prognoz qilganmisizlar?

— Hisob-kitoblarda keltirganimizdek, uruşdan keyingi qayta quriş işlari uçun 200 dan 500 milliard yevrogaça mablağ kerak böladi. Bu 2022 yil mart oyidagi holat böyiça hisoblangan raqamlar. Uruş qança uzoq davom etsa, Ukrainani tiklaş uçun şunça köp pul talab qilinadi. Umid qilamanki, uruş tezroq tugaydi. Davom etayotgan uruşning har bir kuni Ukrainaga juda köp azob-uqubatlar, ölim va halokat olib keladi.