Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haftaning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi va havo salqin bo‘ladi - «O‘zgidromet»
Uzoq muddatli quruq ob-havodan so‘ng, bugun O‘zbekistonning janubi-g‘arbiy hududlariga Turkmaniston ustida shakllangan yuqori siklon bilan bog‘liq nam havo massasi tarqala boshlaydi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi harorat 25-30 daraja issiq atrofida, yomg‘ir paytida 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
19-20 aprel kunlari O‘zbekistonning barcha hududlariga siklon ta’siri tarqaladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Havo harorati asta-sekin pasayadi va 20 aprelda 28-23 daraja issiqni tashkil etadi.
18 va 19 aprelda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang kuzatiladi.
Ish haftasining ikkinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechalari biroz salqin bo‘ladi, 22 aprelga kelib kunduz kuni harorat yana 25-28 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
18-21 aprelda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.