Keç kelgan muvaffaqiyat: 40 joyda işlab, keksayganda jahonga maşhur bölgan tadbirkor
|18:41 / 18.04.202220 84713 min
Bugun dunyoda KFC‘ning mazali qilib qovuriladigan tovuq oyoqçalari köpçilikning sevimli yeguligiga aylanib ulgurgan. Mazkur kompaniyaga AQŞlik Devid Sanders 65 yoşida asos solgan. Ungaça esa u turli işlar bilan şuğullanib körgan va 40 dan oşiq joydan işdan haydalgan.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Tadbirkorlikda oşxona biznesi aksariyat hollarda foyda bilan işlaydigan soha hisoblanadi. Şu sababli bu biznesni yölga qöygan aksariyat odamlar muvaffaqiyatli tarzda işlaşadi. Ularning ayrimlari esa bir-ikki xil ovqat bilan dunyoga tanilib ketişadi. Amerikalik Devid Sanders bilan ham şu holat sodir bölgan. U mazali qilib pişirilgan tovuq oyoqçalari bilan dunyoga maşhur bölgan.
Sanders muvaffaqiyatga ança keç erişgan. U qirq yoşigaça rözğor ötkaziş taşvişi bilan köplab sohalarda mehnat qiladi. Omadi çopmagaç, özini oşxona biznesiga uradi va şu sohada u katta muvaffaqiyatga erişadi. U tovuq oyoqçalarini öziga xos usulda pişirib sotişni yölga qöyib, şu biznes ortidan millionlab dollar işlab oladi. Butun dunyoga maşhur yeguliklar tarmoğini taşkil etganda Sanders 65 yoşda bölgan.
«Betayin» Devid Sanders
Devid Sanders 1890 yilda Indiana ştatida örtahol oilada tuğiladi. 5 yoşida otasi vafot etgaç, oila qiyin şaroitga tuşib qoladi. 1902 yilda 7-sinfda öqiyotganida uni maktabdan haydab yuborişadi. Biroz ötib onasi turmuşga çiqib ketgaç, Devid amakisinikiga köçib ötib yaşay boşlaydi.
1906 yilda, 16 yoşli Sanders AQŞ armiyasiga köngilli bölib yoziladi va Kubaga jönab ketadi. Harbiy xizmatni ötab kelgaç u köplab sohalarda mehnat qiladi, ammo heç biri ikki bölmaydi. Fermer, şaxtyor, temiryöl işçisi, suğurta agenti, öt yoquvçi, paroxod xizmatçisi va yana boşqa köp joylarda işlaydi va aksariyat iş joyidan turli sabablar bilan haydaladi.
Birida hamkasblari bilan kelişa olmay muştlaşsa, yana birida öziga yoqmagan işni qilişga majbur bölgani uçun belgilangan rejani bajarmaydi. Yana birida uquvsizlik qilsa, boşqasida kasbiy mahorat yetişmaydi. Şu tariqa 40 yoşigaça 40 dan oşiq joyda işlaşga ulguradi.
Qovurilgan mazali jöjalar biznesi
1930 yilda Sanders 40 yoşga kirganida «Shell» firmasiga qaraşli kiçik avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçasini sotib oladi. AYoQŞ çetroqda bölib, mijozlar unça köp emasdi. Şu sababli Sanders avtomobillarga yonilği quyişdan taşqari ovqat sotişni ham yölga qöyadi. AYoQŞda oşxona sifatida foydalansa böladigan xonada bor-yöği bitta stol qöyişga joy bor edi. Sanders u yerda haydovçilar va yölovçilarga steyk pişirib sota boşlaydi.
1934 yilda u ikkinçi AYoQŞni sotib oladi. Bu yerda oltita stol qöyilgan ilk oşxonani oçadi va qovurilgan jöjalarni sota boşlaydi. Uning bu ovqati tezda ommalaşadi va joy torlik qila boşlaydi.
Mavzuga oid
1937 yilda u 142 öringa ega restorani bor motelni sotib oladi va u yerda ham qovurilgan jöja savdosini boşlab yuboradi. U motel va restoran nomini «Xarlend Sandersning muzeyi va tamaddixonasi» deb özgartiradi.
Keyingi 9 yil davomida Sanders tovuq jöjalarini qovurişning öziga xos usulini öylab topadi. Şu tariqa Sandersning tamaddixonasida tayyorlangan ovqat bilan birga uning özi ham ştatda maşhur böla boşlaydi. 1935 va 1950 yillarda Kentukki ştati gubernatorlari uni ikki marta «Kentukki polkovnigi» faxriy unvoni bilan taqdirlaşadi.
1950 yilda Sanders biznesini rivojlantiriş uçun öz imijidan foydalanişga qaror qiladi. U möylov va soqol qöyib, aristokratlarga xos bölgan oq kostyum-şim kiyib, kapalaknusxa galstuk taqqan holda yura boşlaydi. Sanders keyingi 20 yil davomida omma oldida faqat şu körinişda çiqadi. Keyinçalik Sandersning ana şu imiji bilan tasvirlangan surati u taşkil etgan oşxonalar tarmoğining savdo belgisiga aylanadi.
Sanders 65 yoşga kirganida uning restorani joylaşgan köçaning ahamiyati pasayadi va unga inqiroz soya sola boşlaydi. Şundan söng u kompaniya nomini Kentucky Fried Chicken (qisqartmasi KFC) – Kentukkidan qovurilgan jöjalar deb özgartiradi. Söng hamkorlikning françayzing turidan foydalanib boşqalar bilan şeriklikda işlay boşlaydi.
Sanders ma’lum foizdagi şeriklik evaziga öz savdo belgisidan boşqalarning foydalanişiga imkoniyat beradi. Françayzingning asosiy şarti şu ediki, hamkorlar uning savdo belgisidan foydalanişgaç, faqat uning taomlarini pişirib sotişadi. Boşqa ovqatlarni sotiş mumkin bölmaydi. 1964 yilgaça şu yöl bilan köplab ovqatlaniş şoxobçalari oçiladi.
1964 yilda Sanders 74 yoşga kirganida Kanadadagi şoxobçalar ustidan öz nazoratini saqlab qoliş şarti bilan KFC‘ni 2 million dollar evaziga boşqa tadbirkorlarga sotib yuboradi.
Kelişuvga köra, kompaniyaning yangi egalari Sandersga kompaniya direktorlar kengaşidan örin ajratişadi va imijidan foydalanişgani uçun unga umrining oxirigaça maoş tölaş majburiyatini olişadi.
Sandersning qarindoşlari uning kompaniyani sotişiga qarşi çiqişadi. Ammo u keksayib qolgani uçun barçasini eplay olmasligini aytadi.
Sanders kompaniyani sotib yuborganidan söng Kanadadagi tamaddixonalarni boşqara boşlaydi va bu mamlakatda françayzing şarti bilan yangi tamaddixonalar oçişda davom etadi. Ammo keyinçalik ular ham KFC tasarrufiga ötadi.
1970-yillarda KFC‘ga egalik qilgan Maykl Maylz Sandersni kompaniyaga qaytaradi. U kompaniya rahbarining maslahatçisi etib tayinlanadi va vafotigaça (1980 yil) reklama işlari bilan aktiv şuğullanadi.
KFC tarmoğining dunyo böylab ommalaşişi
1952 yilgaça KFC tamaddixonalari faqat Kentukki ştatida bor edi. Öşa yili Yuta ştatida ilk tamaddixona, keyinçalik Kanadada ham KFC taomlarini pişirib sotadigan bir qança tamaddixonalar oçiladi.
1967 yilda KFC AQŞdagi eng yirik oltita oşxonalar tarmoğidan biri böladi.
Keyinçalik, Buyuk Britaniyada, Meksikada, Yamaykada KFC tamaddixonalari oçiladi. 1965 yildan 1985 yilgaça KFC‘ning egalari ön marta özgaradi. Ammo savdo belgisi özgarmaydi. Menyuga esa avvaldan tayyorlanib kelgan ovqatlar bilan birga bir qança yangilari qöşiladi.
KFC‘ga egalik qilganlar kompaniyani yanada rivojlantirişga urinişadi. Yangi bozorlarga kirib borişadi. Şu tariqa KFC taomlari dunyoning köplab mamlakatlarida sotila boşlanadi va odamlarning sevimli yeguligiga aylanadi. Jumladan, kompaniya 1960-70-yillarda Yevropa bozoriga kelib muvaffaqiyatli örnaşadi. Keyin esa boşqa qit’alarga ham kirib boradi.
KFC taomlarining dunyo böylab ommalaşişiga Sanders tomonidan öylab topilgan 11 ta dorivor ösimlikning aralaşmasidan tayyorlanadigan maxsus ziravor ham muhim rol öynaydi. Mazkur ziravor tarkibi va tayyorlanişi hanuzgaça sir saqlanadi.
1993 yilga kelib KFC‘ning dunyo böylab qariyb 10 mingta şoxobçasi bor bölib, ularning qariyb yarmi AQŞda joylaşgan edi. Öşa paytda ularda 100 ming nafar xodim işlardi.
KFC dunyo böylab öz şoxobçalarini 1965-70 yillarda oçişni boşlagan. Yevropaning köplab mamlakatlarida, Avstraliya va Yangi Zelandiyada, Indoneziyada, Şimoliy Afrika mamlakatlarida, Karib havzasi va Lotin Amerikasida KFC tamaddixona va restoranlari aynan öşa davrda oçilgan. Kompaniya keyinçalik faoliyatini kengaytira bordi va boşqa mamlakatlarda ham öz şoxobçalarini oça boşladi.
Jumladan, 1987 yilda KFC dunyodagi eng köp aholi yaşaydigan Xitoyda ham özining ilk tamaddixonasini oçadi. Bugun bu mamlakatda uning qariyb 5 mingdan oşiq tamaddixona va restoranlari bor.
Aholi soni böyiça dunyoda ikkinçi örinda turadigan Hindistonda ilk şoxobça 1995 yilda oçilgan. Bugun u yerda 300 dan oşiq KFC tamaddixonalari işlab turibdi.
KFC sobiq ittifoq mamlakatlarida
KFC sobiq ittifoq mamlakatlari orasida ilk bor 1993 yilda Rossiyaga kirib kelgan. 1998 yilda iqtisodiy inqirozlar ortidan sodir bölgan mislsiz inflatsiyada kompaniya Rossiyadagi şoxobçalarini ma’lum vaqtga yopişga majbur böladi. Ular 2000 yilda qayta iş boşlaydi.
2022 yilning boşida Rossiyada 1000 dan ortiq şoxobça işlab turgandi. Fevral oyining oxirida Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç, kompaniya Rossiya bozorini tark etişini ma’lum qildi va mart oyining boşlarida barça şoxobçalarni yopa boşladi.
Sobiq ittifoq respublikalari orasida KFC‘ning eng köp şoxobçalari Rossiyadan söng Belarusda joylaşgan. Bu yerda uning 72 ta tamaddixona va restorani bor.
Kompaniyaning Qozoğistonda 68 ta, Ukrainada 37 ta, Ozarboyjon va Armanistonda 11 tadan, Gruziyada 7 ta, Litvada 3 ta, Moldaviyada 2 ta, Qirğizistonda 8 ta, Tojikistonda 1 ta şoxobçasi bor.
Özbekistonda ilk KFC tamaddixonasi 2018 yilning sentabr oyida oçilgan. Bugungi kunda jami 13 ta tamaddixona faoliyat körsatmoqda. Toşkentda 11 ta, Samarqand va Andijonda esa bittadan tamaddixona bor.
KFC bugun
Bugun KFC‘ning dunyodagi qariyb 150 mamlakatda 20 mingta yemakxonalari bor. KFC hozirgi paytda ommabopligi jihatdan faqat McDonald's dan ortda qoladi. Ayni damda kompaniyaning butun dunyodagi barça şoxobçalarida qariyb 900 ming nafar odam mehnat qilmoqda.
Sönggi yillarda kompaniyaning yillik aylanma mablaği qariyb 40 milliard, sof foydasi esa 20 milliard dollardan oşdi. Hozirgi paytda kompaniya Yum! Brands korporatsiyasi tarkibiga kiradi. Mazkur korporatsiya KFC‘dan taşqari tez tayyor böluvçi yeguliklar pişirib sotadigan dunyoga maşhur Pizza Hut va Taco Bell brendlariga ham egalik qiladi.
KFC haqida qiziqarli ma’lumotlar
Kompaniya Kentucky Fried Chicken nomini 1991 yilga kelib qisqartiradi va u KFC körinişini oladi.
KFC yeguliklarida işlatiladigan sirli ziravor retsepti maxsus seyfda saqlanadi va seyfni ikki kişi oçişiga ruxsat berilgan.
KFC yeguliklari 1957 yil, kompaniya qoğoz qutiçalardan foydalana boşlaguniga qadar zanglamaydigan metal – qalaydan tayyorlangan maxsus idişlarga solib berilgan.
Agar yeguliklar tayyor bölgunça uzoq vaqt kutib qolinsa, kompaniya bunday mijozlarga çegirma, muzqaymoq yoki qovurilgan kartoşkaning kiçik porsiyasini bepul beradi. Bunda turli mamlakatlarda oçilgan tamaddixonalarda turliça iş tutişadi.
KFC‘ning eng ğaroyib tamaddixonalari Xitoyda joylaşgan. Bu yerdagi ayrim şoxobçalarga kiriş joyida yuzdan tanib oliş uskunalari örnatilgan. Ular mijozlarning jinsi, yoşi va kayfiyatiga qarab yegulik taklif etadi. Mijozlar sun’iy ong taklif etgan taomlarni buyurtma berişni xohlaşmasa, boşqa yeguliklar olişlari ham mumkin böladi.
KFC‘ning eng köp tamaddixonalari AQŞda emas, Xitoyda joylaşgan. Ma’lumot uçun, «Çin yurti»da 2 500 ta McDonald's tamaddixona va restoranlari bor. KFC‘niki esa 5 000 tadan oşiq.
2006 yilda AQŞning Nevada ştatida joylaşgan çölda, 81 290 kvadrat metr maydonda KFC‘ning ulkan logotipi yasaladi. Bu logotip fazodan ham körinib turadi.
Sandersdan iqtiboslar
Sanders hayoti davomida juda köp aqlli gaplarni gapirgan. Keyinçalik ular maşhur iqtiboslarga aylangan.
Butun hayotim davomida ikkita qoidaga oğişmay amal qildim:
1. Qölingdan keladigan işni qil.
2. Qölingdan keladigan işni sifatli bajar.
Sizda maşhurlikka intiliş, xohiş, işga tayyor böliş va vijdon bölişi kerak. Bular muvaffaqiyatga erişişning eng işonçli siri.
Uzoq yillar davomida qilingan oğir va maşaqqatli mehnat yoki moddiy qiyinçiliklar men nimalarga qodir ekanimni körsatişimga tösiq bölolmadi.
Siz qilayotgan işingizni yaxşi körişingiz kerak. Siz özingizga yoqqan işni qilişingiz kerak. Siz öz işingizni rohatlanib bajarişingiz kerak. Ana şunda barçasi töğri böladi.
Oson yöl yengil va unga tez boriş mumkin. Qiyin yöl esa maşaqqatli va unga uzoq vaqt sarflanadi. Oson yöl tobora qiyinlaşib, qiyin yöl esa osonlaşib boraveradi.
Tan olaman, men uçun retseptlarim bebaho.
Qiyin yöl işonçning heç kim buza olmaydigan mustahkam poydevorini yaratadi.
Menda odamlarga, aynişni, oğir ahvolga tuşib qolganlarga yordam berişga majbur qiladigan nimadir bor.