Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligiga «Kentucky Fried Chicken Holdings LLC» (AQŞ)ning vakili murojaat qilib, internet orqali Toşkentda KFC mahsulotlariga buyurtma qiliş va yetkazib beriş uçun noqonuniy saytlar işlayotganini ma'lum qilgan. Örganişlar davomida noma'lum şaxslar tomonidan aynan kompaniyaning rasmiy veb-saytiga öxşaş tarzda yaratilgan, ammo unga heç qanday aloqasi bölmagan norasmiy veb-sayt mavjudligi aniqlangan. Mazkur «sayt»lar xorijiy domenlarda röyxatdan ötgani va aloqa ma'lumotlari mavjud emasligi sababli ularning egalarini aniqlaşning imkoni bölmagan.
Buyurtmalar kim tomonidan qabul qilinmoqda?
Buyurtma oliş va uni yetkazib beriş jarayoni quyidagi tarzda işlab çiqilgan: iste'molçilardan buyurtmalar elektron şaklda qabul qilinadi, şundan söng operator mijozga qayta qönğiroq qilib, yetkazib beriş manzili va taom buyurtmasini aniqlab oladi. Qiziqarli jihati şundaki, tölovlar faqat naqd pul şaklida qabul qilinadi va çek berilmaydi.Taqqoslab körilganda, noma'lum saytlardagi buyurtma narxlaridagi farq bir neça ming sömga qimmatroq böladi. Şaxsi noma'lum kişilar özlarini rasmiy vakil sifatida körsatib, noqonuniy vositaçilik xizmatlarini uyuştirganlar. Ayni paytda noqonuniy faoliyat yuritayotgan «sayt»lar faoliyatiga çek qöyildi.
Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi agarda saytlarda yuridik şaxs, manzili, boğlaniş telefon raqamlari haqida ma'lumotlar bölmasa, şuningdek, tölovlarni faqat naqd pul körinişida tölaş şartlari berilsa, bu noqonuniy holat hisoblanişini eslatib ötmoqda.












