Jahon | 22:06 / 18.04.2022
29089
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada "Gazprombank" sobiq vitse-prezidenti o‘z uyida oilasi bilan jonsiz holda topildi 

Tergovning dastlabki taxminiga ko‘ra, Vladislav Avayev dastlab xotini va qizini o‘ldirgan, so‘ngra o‘z joniga qasd qilgan. 

Foto: Vladislav Avayev

Rossiya tergov qo‘mitasi bosh tergov boshqarmasi Moskvadagi xonadonlardan birida uch kishining jasadi topilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.  

Ma’lum qilinishicha, gap "Gazprombank" sobiq vitse-prezidenti Vladislav Avayev, uning xotini va qizi haqida bormoqda.  

Politsiya top-menejyerning o‘tochar quroldan yaralangan jasadini Universitetskiy prospektdagi xonadondan topgan. Tergovning dastlabki taxminiga ko‘ra, Avayev dastlab xotini va qizini o‘ldirgan, so‘ngra o‘z joniga qasd qilgan. Politsiyani uning qarindoshlari oila bilan bog‘lana olmaganidan keyin chaqirgan.

Xonadon eshigi ichidan qulflangan bo‘lgan, uydan begona shaxslarning izlari topilmagan. 

Qotillikka maishiy mojaro sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid