Qoraqalpog‘istonda tirik chaqaloqni yorib, o‘limiga sabab bo‘lgan shifokorlarga sud hukmi o‘qildi
Nukusdagi perinatal markaz shifokorlari tirik chaqaloqni "morg"ga berib yuborib, uning tanasi yorib ko‘rilgani oqibatida chaqaloq vafot etgani xabar qilingandi. Oliy sud matbuot kotibining ma’lum qilishicha, shifokorlarga hukm o‘qildi.
Ma’lum qilinishicha, 18 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Mo‘ynoq tuman sudi tomonidan quyidagi shaxslarga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilingan:
- D.Abdullayeva (1973 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan, Qoraqalpog‘iston Hududiy perinatal markazi shifokori, oilali, 3 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan);
- R.Saymanova (1972 yilda Kegeyli tumanida tug‘ilgan, Qoraqalpog‘iston Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokori, oilali, 2 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan);
- G.Kalimbetova (1988 yilda Nukus shahrida tug‘ilgan, Qoraqalpog‘iston Patologik anatomiya byurosi shifokori, oilali, 1 nafar farzandi bor, muqaddam sudlanmagan).
Mazkur hukmga ko‘ra:
D.Abdullayeva Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismi (25, 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi 1-qismi (boshqa jinoyat ishi doirasida)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga uzil-kesil o‘tash uchun 2 yil muddatga chaqaloqlarga reanimatsion yordam berish faoliyati bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum etgan holda, 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
R.Saymanova Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga uzil-kesil o‘tash uchun 2 yil muddatga chaqaloqlarga reanimatsion yordam berish faoliyati bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum etgan holda, 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
G.Kalimbetovaning xatti-harakatlarida Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmagani bois aybsiz deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uchun asoslar) 2-bandiga asosan oqlandi.
Bundan oldin shifokorlar loqaydligi sabab Buloqboshidagi tug‘uruqxonada chaqaloq vafot etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:33 / 26.11.2024
“Judayam murakkab savol” - Qo‘chqorov tibbiyot xodimlarining maoshi haqida
15:50 / 25.11.2024
Janubiy Koreyada armiyadan bo‘yin tovlash uchun atay semirgan fuqaro qamaldi
15:56 / 08.10.2024
Tug‘uruqxonalardagi o‘limni qanday kamaytirish mumkin? – Saudiyada ishlayotgan o‘zbek shifokori bilan suhbat
16:20 / 05.06.2024