Nukus şahrida yaşovçi fuqaro 2021 yili 14 fevralda qiz farzand köradi. Oradan bir kun ötib 15 fevral kuni soat 09:15 da Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy perinatal markazi şifokorlari tomonidan uşbu çaqaloq ölgan, deb qayd etilib, soat 10:15 da patologiya byurosi xodimlariga berib yuboriladi.

Patologiya byurosi xodimlari tomonidan çaqaloqning kökrak qafasida anatomik kesma kesgan vaqtida çaqaloqda hayotiy belgilar aniqlanadi. Şunday bölsa-da, unga birinçi tibbiy yordam körsatilmasdan, perinatal markaz şifokorlari çaqirilib, çaqaloq qaytarib berib yuborilgan.

Natijada, çaqaloq öz vaqtida zarur tibbiy yordam körsatilmaganligi oqibatida vafot etgan. Uşbu holat yuzasidan Nukus şahar prokuraturasi tomonidan 2021 yil 6 aprel kuni JKning 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Jinoyat işining dastlabki tergov harakatlari davomida tayinlangan komissiyaviy sud-tibbiyot ekspertizasining 2021 yil 26 oktyabrdagi xulosasida çaqaloq ölimiga amaldagi standartlarga muvofiq reanimatsion yordam-öpkaning sun’iy ventilyatsiyasi, surfaktant va lozim darajada qarov ötkazilmagani hamda patologo-anatomik tadqiqot maqsadida tirik çaqaloqda ötkazilgan anatomik kesma-jarohat sabab bölgani, standartlarga muvofiq davo muolajalari ötkazilgan taqdirda çaqaloq hayotini saqlab qoliş imkoni bölgani körsatib ötilgan.

Yuqoridagi holat yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy perinatal markazi çaqaloqlarning reanimatsiya bölimi boşliği lavozimida işlagan A.D., Qoraqalpoğiston Respublikasi perinatal markazi neonatolog şifokori bölib işlagan S.R. va  Qoraqalpoğiston Respublikasi patologiya-anatomiya byurosi patologiya-anatom şifokori K.G.lar Özbekiston Respublikasi JKning 116-moddasi 3-qismida körsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanuvçi tariqasida jinoyat işiga jalb qilingan.

2021 yil 4 dekabr kuni dastlabki tergov harakatlari tamomlanib, jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Nukus şahar sudiga yuborilgan.

Hozirgi vaqtda iş jinoyat işlari böyiça Nukus şahar sudi tomonidan körib çiqilmoqda.