Davlat xizmatlaridan foydalanishda telefon raqami orqali shaxsni tasdiqlash mumkin bo‘ladi
1 avgustdan boshlab davlat xizmatlaridan foydalanishda mobil-ID tizimi joriy etiladi. Bunda fuqaroning mobil telefon raqami uning shaxsini tasdiqlashda elektron raqamli imzo vazifasini bajaradi.

Foto: my.gov.uz
O‘zbekiston prezidenti “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmon imzoladi.
Farmonga binoan, 2022 yil 1 avgustdan boshlab davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni identifikatsiyalash uchun mobil-ID tizimi joriy etiladi.
Mobil-ID tizimi –“Elektron hukumat” tizimida shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi.
Fuqaro mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o‘tish uchun:
- DXM yoki notarial idoraga murojaat qilsa: shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etishi lozim. Shundan so‘ng uning yuzi rasmga tushiriladi, barmoq izi olinadi va telefon raqami YaIDXPdagi shaxsiy kabinetga bog‘lanadi.
- YaIDXPning mobil ilovasidan foydalansa: masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzo qo‘llaniladi hamda mobil telefon raqami YaIDXPdagi shaxsiy kabinetga bepul bog‘lanadi.
DXMlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022 yil 31 dekabrga qadar tekin bo‘ladi. 2023 yil 1 yanvardan boshlab BHMning 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undirilgan holda amalga oshiriladi.
Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qo‘llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin (moliyaviy xizmatlar bundan mustasno).
Fuqaroning YaIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar uning xohishiga ko‘ra va belgilangan to‘lovlar asosida mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuboriladi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada «xazina» ko‘rsatilgan soxta xaritalar orqali odamlarni chuv tushirib kelgan firibgarlar ushlandi
Jahon | 00:37
-
Afg‘oniston hukumati salkam 2,5 ming mahbusni afv etdi
Jahon | 00:00
-
Qozog‘istondan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston | 22:46 / 30.03.2025
-
Zelenskiy saylovlarga tayyorgarlikni boshladi - The Economist
Jahon | 22:38 / 30.03.2025
Mavzuga oid

08:30 / 01.11.2024
Pensiya tayinlash va to‘lashda byurokratiya qisqartiriladi

09:20 / 27.09.2024
Germaniya byurokratiyaga qarshi kurash bo‘yicha to‘rtinchi chora-tadbirlar paketini qabul qildi

18:35 / 18.07.2024
1 avgustdan avtomobil davlat raqamlarini berish tartibi o‘zgaradi

11:16 / 11.07.2024