Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangandagi YTHda 3 nafar yo‘lovchi jarohat oldi
VAZ-2106 va Damas rusumli avtomashina to‘qnashuvi oqibatida 3 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2022 yil 5 aprel kuni soat 15:00 larda, Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on yo‘lining 10-kilometrida 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan VAZ-2106 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada, VAZ-2106 rusumli avtomashinada bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 15 aprel kuni JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Namanganda Volvo yuk mashinasi yonib ketgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
09:00 / 05.07.2026
Mundialdagi debyutga rasmiy baho, qimmatlayotgan benzin va o‘pirilgan damba - hafta dayjesti
13:12 / 04.07.2026
“Malibu bolani 100 metrgacha sudrab ketgan” – Andijondagi mudhish hodisa tafsilotlari
10:30 / 04.07.2026
Qashqadaryoda tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi 9 ta avtomobilni urib ketdi
09:35 / 04.07.2026