Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarining 15 kun ichida registratsiyadan o‘tishi to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi
Rossiya davlat dumasi Rossiyada bo‘lib turishning soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risidagi O‘zbekiston hukumati bilan imzolangan kelishuvni ratifikatsiya qildi.
Hujjatda O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kirib kelganidan so‘ng 15 kun ichida majburiy registratsiyadan o‘tishi shartligi to‘g‘risidagi talabni bekor qilish taklif qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonga borgan rossiyaliklar uchun ham ana shunday talab bekor qilinadi.
Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi mazkur kelishuv 2021 yil 21 mayda Moskvada va o‘sha yil 17 iyunda Toshkentda imzolangan.
Rossiyaga borgan Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Armaniston va Qirg‘iziston fuqarolari hamda bu davlatlarga borgan rossiyaliklar uchun ham soddalashtirilgan tartib amal qiladi.
Mavzuga oid
10:42
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
09:49
Polshada ukrainalik yigit Rossiya razvedkasiga yordam berishda ayblandi
10:17 / 16.07.2026