Razvedka timsoli

Boris Aleksandroviç Solomatinni «Asl razvedka timsoli», «Böribosar», «Jangovar» kabi laqablar bilan uluğlaşgan. Çunki salkam 40 yillik faoliyati davomida KGB taşqi razvedkasining Dehli, Rim, Nyu-York va Vaşingtondagi rezidenturalarini boşqargan bölsa-da, nafaqat iz qoldirmagan, balki aql bovar qilmas ma’lumotlar töplab, SSSR mudofaa va razvedkasini ta’minlab turgan.

1924 yilning 31 oktyabrida Odessada tuğilgan Boris ismli bolakay örta maktabni Tbilisida yakunlaydi va artilleriya bilim yurtida öqiydi. 1942 yilda u uruşga jönaydi va eng murakkab frontlarda jang qilib, ğalabani kiçik leytenant maqomida Berlinda kutib oladi.

Uruşdan keyin Moskva xalqaro instituti (MGIMO) talabasiga aylanadi va 1951 yilda uni bitirganidan boşlab keyingi taqdirini belgilab bergan soha işçisiga aylanadi. U öz faoliyatini Hindistonda boşlaydi va dastlab attaşelik qiladi.

Boris Solomatin Brejnevning okeanortiga uçgan samolyoti bortida. Şaxsiy arxivdan

KGB AQŞga qarşi

Solomatinda kişini rom qiluvçi, sehrlab oluvçi nimadir bor ediki, juda köpçilik uning töriga tuşib qolgan. 1965 yilda u Vaşingtonga oçiq rezident sifatida jönatiladi va 1968 yilgaça şu vazifada böladi. Rasman 3 yil Vaşingtonda bölgan esa-da, taxminan 20 yil, sovuq uruşning eng faol davrida AQŞ yönalişida işlaydi. 1968-1971 yillarda Solomatin KGB birinçi boş boşqarmasi boşliğining örinbosari vazifasiga kötariladi. 1967 yilda u Jon Uokerni SSSR tomoniga oğdirişga muvaffaq böladi va keyinçalik bu AQŞ uçun razvedka yönalişidagi eng katta muvaffaqiyatsizlik deya baholanadi.

Solomatin Uokerning özi bilan kifoyalanib qolmagan. Uning sa’y-harakatlari bilan dengiz ofitseri Glenn Maykl Souter (SSSR tarafiga ötib Mixail Orlov nomini olgan) dunyo böylab AQŞ suvosti kemalari joylaşuvini KGBga taqdim etadi. Bu ma’lumotlar öz navbatida AQŞning SSSR oldida nozik nuqtasiga aylanib qoladi.

Boris Solomatin taklif qilişi mumkin bölgan narsalar köp emasdi. Umuman, SSSRga AQŞ razvedkasi vakilini jalb qilişning özi murakkab edi. Aksini tuşuniş mumkin, ğarb hayoti, erkinlik, katta pullar bilan ittifoq josuslarining köpçiligi AQŞ tarafiga ötib ketgan. Lekin Solomatin ozgina imkoniyatdan ham samarali foydalana bilgan.

Alohida mavzu – Uoker

KGB agenti Jon Entoni Uoker

Jon Entoni Uoker KGB tarixidagi eng «qimmatli ölja» sifatida ta’riflanadi. 1967 yilda Solomatin tomonidan oğdirilgan Uoker SSSR foydasiga işlaşga öz ukasi Artur va öğli Mayklni ham jalb qiladi. Bundan taşqari, harbiy dengiz kuçlaridagi hamkasbi Jyerri Uitvortni ham öziga oğdirib, AQŞ harbiy kemalarining eng maxfiy imkoniyatlarini KGBga sotadi.

Uokerning KGB uçun işlaşi juda uzoq, 1985 yilgaça davom etgan. Bu vaqt davomida Uoker nafaqat yadroviy qurollarga ega suvosti kemalari harakatlari xaritasini, balki AQŞ mudofaa tizimi tomonidan SSSR kemalarini aniqlaş tizimiga oid öta maxfiy ma’lumotlarni ham yetkazib turadi.

Uoker olayotgan maoşiga nisbatan ança köp xarajat qilişi bilan ança vaqt FQB nazoratida yuradi, lekin amalda unga biror ayblov qöyilmaydi, iş tergovgaça bormaydi. Uokerning foş etilişiga özining xatosi yoki Solomatinning e’tiborsizligi emas, oilaviy holat sabab böladi.

Jon Uokerning xotini hamma sirlarni, erining qilmişlarini FQBga yetkazadi va josus darhol qölga olinadi. Tergov davomida u şunça yillar davomida KGBdan jami 1 mln dollarga yaqin pul olgani ma’lum böladi. Lekin uning AQŞ mudofaa tizimi, xavfsizlik sanoatiga yetkazgan zararini milliardlar bilan ham ölçab bölmasdi. Çunki şunça yillar davomida suvosti kemalari SSSR nigohi ostida suzib yurganiga aql bovar qilmas, endi bu kemalarning maxfiylik tizimlarini butunlay özgartiriş şart edi.

Ma’lumotlarga köra, Uoker qilmişlarining real kölami haqidagi tezkor materiallar bilan tanişgan AQŞ prezidenti Ronald Reygan qahr ustida maxsus aloqa telefonini urib sindirib taşlay degan. Çunki Jon Uoker nafaqat suvosti kemalari, balki Pentagon, Davlat departamenti, Milliy Xavfsizlik Agentligi kabi eng yetakçi taşkilotlar yozişmalarini KGBga sizdirib yurgani ma’lum bölgandi.

Uoker 1985 yilda umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi, şeriklari ham uzoq muddatga panjara ortiga ravona bölişadi. KGBning qimmatli josusi 29 yillik mahkumlikda yoşini yaşab, 2014 yilda, 77 yoşida qamoqxonada vafot etadi.

Solomatin taqdiri

Professional psixologligi va inson ongiga çuqur ta’sir qila oliş xususiyati bilan KGBning eng nufuzli xodimlaridan biri hisoblangan Boris Solomatin josuslik faoliyatini sohada rahbarlik, pedagoglik bilan birga olib boradi. 1971-1975 yillarda SSSRning BMTdagi doimiy vakili sifatida işlaydi va qator lavozimlarni egallab, 1988 yilda iste’foga çiqadi. Şaxsan Andropovning özi uni «Asl razvedka timsoli» deb atagan va unga hayoti davomida juda köplab mukofotlar berilgan.

Solomatin öz ideallarini baxşida qilgan davlat parçalanib ketişini oğriqli qabul qiladi. Lekin u öz sohasi çökişidan oldinroq ketişga muvaffaq bölgandi. SSSR tarqalib, Rossiya oyoqqa turib olgunça razvedka tizimi juda oğir davrni boşdan keçirgandi.

KGB general-mayori, ikki karra «Qizil bayroq» ordeni sohibi Boris Solomatin 2005 yilda Moskvada vafot etadi.

Abror Zohidov tayyorladi.