Jahon | 21:34 / 27.04.2022
23125
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston Turkiyadan Tojikistonga «Bayraktar» dronlarini sotmaslikni so‘radi 

Jeenbek Kulubayevning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston bu masala bo‘yicha Turkiya bilan muzokara o‘tkazadi. 

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Turkiya Tojikistonga «Bayraktar» dronlarini yetkazib bermoqda. Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligiga nomzodi ko‘rib chiqilgan parlament yig‘ilishida Jeenbek Kulubayev ma’lum qildi

Deputat Mirlan Samiykojo Turkiya Tojikistonga «Bayraktar» dronlarini yetkazib berayotgani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan izoh so‘radi. 

Jeenbek Kulubayev Tojikiston Turkiyadan dronlar sotib olganini tasdiqladi. 

«Ha, bu rost. Turkiya Tojikistonga «Bayraktar» jo‘natgan. Ilgari biz Turkiya tomonidan bu masalada ehtiyotkor bo‘lishni so‘ragandik, chunki Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi muammolar hali hal bo‘lmagan. Biz qo‘shni mamlakatlarga dronlar sotmaslikni so‘radik. Ular bu biznes, harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish masalasi ekanligini aytishdi», — dedi u. 

Kulubayevning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston bu masala bo‘yicha Turkiya bilan muzokara o‘tkazadi.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid