Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyatini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining «2022-2026 yillarda Andijon viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
aholining mavjud muammolarini bartaraf etishga qaratilgan amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan «yo‘l xaritasi»;
Andijon viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, «o‘sish nuqtalari» va «drayver sohalari»;
- sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlari;
- 2022 yilda Andijon viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar;
- Andijon viloyatining tuman va shaharlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli ro‘yxati.
Kompleks rivojlantirish dasturiga muvofiq, Andijon viloyatida 2022-2026 yillarda yalpi hududiy mahsulot va sanoat mahsulotlari hajmi 1,4 baravarga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 1,2 baravarga, xizmatlar hajmi 3,0 baravarga hamda qurilish ishlari hajmi 1,4 baravarga oshiriladi.
Mavzuga oid
09:42 / 14.02.2026
2025 yilda sabzavot yetishtirishda Andijon viloyati yetakchi bo‘ldi
09:19 / 14.02.2026
Andijonda 1 mln dollarlik “mefedron” narkolaboratoriyasi fosh etildi
10:11 / 13.02.2026
Andijonda tadbirkorni qotil yollab o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi – DXX
22:24 / 12.02.2026