Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilhom Aliyev: Ozarboyjon Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi
Foto: «Interfaks-Ozarboyjon»
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
«Biz xuddi boshqa davlatlar singari Ukrainaning ham hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaymiz va daraxt ortiga bekinmasdan, buni ochiq e’lon qilamiz. Ha, Rossiya bilan yaxshi munosabatda ekanimizni inkor etmaymiz. Xalqaro huquq tamoyillari hech qanday holatda siyosiy ustunlik sabab buzilmasligi kerak», deya Aliyevning bayonotidan iqtibos keltiradi «Interfaks-Ozarboyjon».
Agentlik xabariga ko‘ra, Aliyev Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash haqida Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi mojaro kontekstida aytib o‘tgan. Uning fikricha, xalqaro hamjamiyat Gruziya va Moldovaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagan holda, Ozarboyjonga ham xuddi shunday munosabatda bo‘lmagan.
- 23 aprel kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ilhom Aliyev Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini, Ozarboyjon — Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroga nisbatan neytral pozitsiyasi Kiyev tomonidan to‘g‘ri tushuniladigan «kam sonli davlatlardan biri ekani»ni aytgandi. «Biz neytrallik muvozanatini tushunamiz, chunki ularda urush chiqishi mumkin. Ammo biz ko‘proq narsa kutamiz va uzoq vaqt tushuna olmaymiz, chunki bu biz uchun qiyin bo‘ladi», — degandi u.
Mavzuga oid
15:52
Ukrainada Yanukovichga yerni egallab olish ishi bo‘yicha yana 15 yil berildi
15:27
Zelenskiy Davosga safari xavfsizlik kafolatlariga bog‘liqligini aytdi
15:01
Yevroparlament Ukraina uchun YeI kreditini shoshilinch tartibda ko‘rib chiqishni ma’qulladi
11:05