Jahon | 17:25 / 29.04.2022
10384
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR yadro qurolini sinovdan o‘tkazishga tayyorlanmoqda – OAV 

Ekspertlarning fikricha, tayyorgarlik sur’atidan sinovlar shu yilning may-sentabr oylari ichida o‘tkazilishini taxmin qilish mumkin. 

Foto: Korean Central News Agency/Reuters

KXDR 2017 yildan buyon ilk yadroviy qurol sinovini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar berdi Financial Times gazetasi.

Nashrning yozishicha, Pxungeri yadroviy poligonining sun’iy yo‘ldoshdan olingan oxirgi fotosuratlarida "tayyorgarlik to‘liq olib borilayotgani"ni ko‘rish mumkin.

Ekspertlarning fikricha, tayyorgarlik sur’atidan sinovlar shu yilning may-sentabr oylari orasida o‘tkazilishini taxmin qilish mumkin. 

KXDR oxirgi marta 2017 yil 3 sentabrda yadro quroli sinovini o‘tkazgandi. Yaponiya va Janubiy Koreya mutaxassislari bu KXDR tarixidagi eng kuchli yadroviy bomba sinovi bo‘lganini bildirgan.

Yaponiya mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, bomba kuchi 70 kilotonna, Janubiy Koreya ma’lumotlariga ko‘ra esa 100 kilotonnaga teng bo‘lgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid