Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya NATO mashg‘ulotlarida qatnashishdan bosh tortdi
Turkiyaning bunday yo‘l tutishiga Gretsiyaning mashg‘ulotlar ssenariysiga texnik qo‘shimchalar kiritgani sabab bo‘ldi.
Foto: Anadolu Agency
Turkiya harbiy-havo kuchlari vakillari 9-20 may kunlari Gretsiyada bo‘lib Tiger Meet NATO harbiy mashg‘ulotlarida qatnashishdan bosh tortdi.
Turkiyaning bunday yo‘l tutishiga Gretsiyaning ikki mamlakat o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar bo‘yicha provokatsiya uyushtirish maqsadida mashg‘ulotlar ssenariysiga texnik qo‘shimchalar kiritgani sabab bo‘ldi.
Anqara Afinaning bu harakatini xalqaro huquqqa zid deb atadi.
Turkiyaning mashg‘ulotlar ssenariysiga qo‘shimchalarni olib tashlash to‘g‘risidagi talabi rad etildi. Bunga javoban Turkiya harbiylari Tiger Meet mashg‘ulotlarida ishtirok etishdan bosh tortdi.
«Gretsiyaning pozitsiyasi NATO doirasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlarga putur yetkazadi. Bundan tashqari, Turkiyaning huquq va manfaatlariga ziyon yetkazishga urinish hisoblanadi», - deyiladi Turkiya tomonining bayonotida.
Mavzuga oid
10:30
Germaniyada Rossiyaning NATO hududiga bostirib kirishi ssenariyci modellashtirildi
21:43 / 03.02.2026
Ukraina Yevropa va AQSh bilan kelajakda Rossiyaga harbiy javob choralarini kelishib oldi
10:06 / 27.01.2026
NATO bosh kotibi Ryutte: Yevropa AQShsiz o‘zini himoya qila olmaydi
09:47 / 26.01.2026