Ekologiya va iqlim masalalari bo‘yicha ilk milliy maslahatlashuvlar o‘tkazildi
O‘zbekistonda 29 aprel kuni Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida «Green Hub» platformasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur platforma g‘oyalarni shakllantirish, bilimlarni yig‘ish va ularni o‘zaro almashish orqali mamlakatda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish jarayoniga yanada ko‘maklashish uchun o‘z ishini boshlaydi.

Foto: Green Hub
Tadbir bilan bir vaqtda O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan «Stokgolm +50» xalqaro uchrashuvlari doirasida xalqaro va mahalliy hamkorlar bilan birinchi milliy maslahatlashuv ham o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvda davlat idoralari vakillari, xalqaro ekspertlar, jamoatchilik guruhlari a’zolari hamda yoshlar O‘zbekistondagi mavjud ekologik muammolarni xalqaro miqyosga olib chiqish, tabiat, uning resurslarini asrab-avaylash bo‘yicha erishgan muvaffaqiyatlari hamda davlat chora-tadbirlarini o‘zaro muhokama qilishdi.
Matilda Dimovska, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili:
«Biz yashil o‘sish strategik asoslarini ishlab chiqishda hamkorlik qilishga va g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga doim tayyormiz. Ekologiya va atrof-muhit masalalariga bag‘ishlangan milliy maslahatlashuvlar g‘oyalarni shakllantirish, bilimlarni to‘plash va ularni o‘zaro almashish orqali «yashil» iqtisodiyotga o‘tishga hissa qo‘shish uchun mo‘ljallangan «Green Hub» ishga tushirilishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelganidan mamnunmiz. Milliy maslahatlashuvlar «Stokgolm+50» xalqaro uchrashuvlari doirasidagi dastlabki milliy konsultatsiyaga mana shunday asos solinganidan juda mamnunmiz».
Ma’lumot o‘rnida: BMT bosh assambleyasi joriy yilning 2-3 iyun kunlari Stokgolmda Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni oldidan «Stokgolm+50: umumjahon farovonlik uchun sog‘lom sayyora – bizning mas’uliyat, bizning imkoniyatimiz» nomi ostidagi xalqaro uchrashuvlarni o‘tkazmoqda. Ushbu keng qamrovli anjuman bundan ellik yil avval - 1972 yilda o‘tkazilgan Stokgolm anjumanining ramziy ma’nodagi davomi bo‘lib, unda butunjahon atrof-muhit muammolari, tabiiy resurslarni asrab-avaylash masalalari, jumladan, koronavirus pandemiyasidan so‘ng mustahkam tiklanish uchun barqaror rivojlanishning ekologik jihatlari muhokama qilinadi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

21:37 / 20.02.2025
“Cho‘llashtirish avjida” - Buxoroda 1800 dan ortiq daraxt ko‘chirilayotgani tanqidlarga sabab bo‘lmoqda

07:39 / 26.08.2022
Ekologik huquqbuzarliklarni dron yordamida aniqlash boshlandi

18:31 / 23.08.2022
“Bu tartibsizlikdan foydani kichik guruh ko‘radi” – ekspertlar Toshkentdagi qurilishlarning bosh rejasiz qilinayotgani va uning xavflari haqida

11:30 / 21.08.2022