Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin O‘zbekiston bilan 15 kunlik registratsiya haqidagi kelishuvni imzoladi
Avvalroq Rossiya IIV yangi qoidalar Rossiyaga kelayotgan o‘zbekistonliklar sonining ko‘payishiga olib kelmasligi va migratsiya nazorati samaradorligini pasaytirmasligi haqida ma’lum qilgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirgan kunidan boshlab 15 kun ichida majburiy ro‘yxatga olishni bekor qilish haqidagi kelishuvni ratifikatsiya qildi. Xuddi shu qoida O‘zbekistonga kiruvchi rossiyaliklarga ham tegishli bo‘ladi.
Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi mazkur kelishuv 2021 yil 21 mayda Moskvada va o‘sha yil 17 iyunda Toshkentda imzolangan. Avvalroq hujjat Rossiya Federatsiyalar kengashi tomonidan ratifikatsiya qilingan edi.
Rossiya hukumati kelishuvning amalga oshirilishi kelayotgan fuqarolar sonining sezilarli darajada oshishiga va migratsiya sohasidagi nazorat samaradorligining pasayishiga olib kelmasligini qayd etdi.
Rossiyada hozirgi kunda registratsiyadan o‘tishdan ozod qilishning 15 kunlik muddati Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Armaniston fuqarolariga tegishli.
O‘zbekistonliklar uchun Rossiyada bunday muddat yetti kun, O‘zbekistonda rossiyaliklar uchun uch sutka bilan chegaralangandi.
Bundan oldin Rossiyada O‘zbekiston fuqarolarining 15 kun ichida registratsiyadan o‘tishi to‘g‘risidagi talab bekor qilinishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30 / 23.06.2026
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
08:55 / 23.06.2026