Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda haydovchi 201 km/soat tezlikda harakatlandi
YHXX taqdim etgan suratda “uchar” haydovchining avtomobili surati ko‘rinmagan. Boshqa bir suratda qora rangli “inomarka” 70 km/soat tezlik cheklovi o‘rnatilgan joyda (aholi yashash punkti bo‘lishi mumkin) 166 km/soat tezlikda harakatlangani ko‘rinadi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Qashqadaryo viloyati yo‘llarida avtomobillarning yuqori tezlikda harakatlangani maxsus qurilmalarda qayd etilganiga oid suratlarni taqdim etdi.
Suratlardan birida ko‘rinishicha, 29 aprel kuni soat 11:39da tezlik cheklovi 100 km/soat bo‘lgan hududda 201 km/soat tezda harakatlangan avtomobil aniqlangan.
Suratda avtomobil rusumi, davlat raqami va voqea joyi aks etmagan. YHX xabarida ham bu borada ma’lumot berilmagan.
Suratdan ko‘rish mumkinki, yo‘lning haydovchi 201 km/soat tezlikda harakatlanib o‘tgan qismidan bir daqiqada kamida 7ta mashina o‘tgan, bu esa yo‘lda o‘sha vaqtda boshqa mashinalar ham kam bo‘lmaganini anglatadi.
Yana bir suratda esa qora rangli “inomarka” (suratda raqami yashirib qo‘yilgan) 30 aprel kuni tezlik cheklovi 70 km/soat bo‘lgan yo‘lda soatiga 166 km tezlikda harakatlangani ko‘rinadi.
“Ko‘plab YTHlarda transport vositalari tanib bo‘lmas holatga kelib qolishi, insonlar tan jarohati olishi yoki vafot etishiga aynan tezlik sabab bo‘lgan.
Tezlik ortgani sayin — uning natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa oqibatlari ham ortib boradi.
Barcha haydovchilardan tezlik me’yoriga rioya qilishlarini so‘raymiz. Unutmang! Sizni uyda yaqinlaringiz kutmoqda”, – deyiladi YHXX axborotida.
Qonunchilikka ko‘ra, belgilangan tezlikni soatiga 40 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi 9 BHM (2 mln 430 ming) so‘m jarimaga sabab bo‘ladi. Xuddi shu qoidabuzarlik bir yil ichida takror sodir etilsa, haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum qilinadi va 25 BHM (6 mln 750 ming) jarimaga tortiladi.
Mavzuga oid
16:28
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
09:31
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026