«Islomda bundan katta jang bölmagan» - Samarqand ostonasida nasroniylar xaloskori haqida tuğilgan afsona
|17:00 / 04.05.202249 91312 min
1141 yili Samarqand yaqinidagi Qatvon vodiysida qoraxitoylar xoni va saljuq hukmdori laşkarlari örtasida juda katta harbiy töqnaşuv böladi. «Öşa davrning eng katta jangi»da musulmonlar qöşini qaqşatqiç zarbaga uçraydi. Yevropada bu voqea Şarqda «nasroniylar xaloskori» paydo bölgani haqidagi afsonalarni tuğdiradi. Maqolamizda Samarqand ostonasida tuğilgan uşbu afsona tarixini yoritamiz.
Örta asrlardagi jang maydoni
(Illyustratsiya: Mariya Tolstova / Mediazona)
Musulmon şarqi va nasroniy ğarbi örtasidagi qarama-qarşilik örta asrlar tarixining qonli, fitna va ajabtovur voqealarga boy bölgan mavzularidan biridir.
Öşa davrning asosiy qahramonlari – Riçard Şeryurak va Salohiddin, köplab arab xalifalari, Vizantiya imperatorlari, fransuz qirollari va turk sultonlari hisoblanadi. Ammo ular orasida xuddi ertaklardagi kabi afsonaviy şaxslar ham bölgan. Ulardan eng sirlisi musulmonlar va nasroniylar ziddiyatining markazida turgan Quddusdan minglab çaqirim uzoqlikdagi Markaziy Osiyoda paydo bölgan.
Şarqda tuğilgan va Muhammad payğambar izdoşlarini mavh etişda göyo nasroniylarga yordamga kelayotgan hukmdor, «avliyo Yuhanno» haqidagi afsonaning yuzaga keliş tarixi haqida «Mediazona»da katta maqola tayyorlandi.
Foto 02. Salibçilar va musulmonlar jangi
(Örta asrlar miniatyurasi. Bibliothèque nationale de France / Wikimedia Commons)
XII asr örtalarida Markaziy Osiyoda 3 ta yirik davlat şakllandi: hududda rasman Qoraxoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan bölsa, ğarb musulmon olamining bayroqdori Saljuq imperiyasi ta’siri ostida, şarq esa qoraxitoylar tomonidan istilo qilingan edi. Nisbatan mustaqillikka intilayotgan Xorazmga qoraxoniylar ham, saljuqiylar va qoraxitoylar ham köz tikayotgan edi.
Saljuqlar Islom bayroqdorlari sifatida
XII asr — musulmon va nasroniy dunyosi örtasidagi qarama-qarşilik avjiga çiqqan davr. Salib yurişlari qizğin pallaga kirgan, janglar Ispaniyadan tortib Örta yer dengizi böylab Sitsiliya oroligaça, Vizantiya imperiyasi, Yaqin Şarqdan Kavkazgaça bölgan juda katta hududda davom etayotgan edi.
VII asr örtalaridan boşlangan arab qöşinlari zarbasidan tiklanib olgan Yevropa öç olişga, har ikkala dinda muqaddas hisoblanadigan Quddus şahrini qaytarib olişga otlangan, ammo jiddiy qarşilikka uçrayotgan edi.
1096 yilda Saljuq imperiyasi (Mediazona)
Mavzuga oid
Misrdan şarqdagi hududlar nasroniylarning asosiy duşmani Saljuq imperiyasi edi. Turkmanlarning ajdodlari – turk-öğuzlar tomonidan asos solingan davlat XI asr örtalaridan Islom dunyosida hukmronlik qila boşladi. 1097 yilda Sulton Ahmad Sanjar rasman Saljuq imperiyasi taxtiga ötirdi. 1118 yilda jiyani Mahmudni mağlub etib, hokimiyatni tölaligiça öz qölida jamladi va davlatni mustahkamlaş işlarini boşladi.
Sanjar Markaziy Osiyoda öziga qarşi bir neça marta isyon kötargan xorazmşoh Otsizni jilovladi. Ğarbiy Qoraxoniylar davlati poytaxti Samarqandni ham öz ta’siri ostiga oldi.
Saljuq imperiyasining markazi Xuroson ölkasi – hozirgi Eron, Afğoniston, Turkmaniston, Tojikiston va Özbekiston çegaralari tutaşgan hudud edi.
Eronlik tarixçi Abu Bakr Rovandiy talqiniga köra, Sanjar oğir-bosiq hukmdor, janglarda esa mohir sarkarda edi. U kamtarona hayot keçirib, davlat ğaznasi haqida qayğurardi. Uning hukmronligi muvaffaqiyatli keçayotgandi, toki Şarqdan kutilmagan mehmonlar kelmagunça.
Qoraxitoylar va gurxon multimadaniyat misoli sifatida
XII asrda Xitoyda kidonlarning Buyuk Lyao imperiyasi şakllanib, Uzoq Şarqqa, Baykal ortiga, Möğuliston va Oltoyga tarqalib, Şarqiy Osiyoda qudratli kuçga aylandi. Ammo keyinçalik Sun imperiyasi va çjurçjyenlar ittifoqi hujumiga doş berolmadi. Ularga qarşi kuraşda imperator avlodlaridan bölmiş Yelyuy Daşi özini qobiliyatli sarkarda va ustomon diplomat sifatida namoyon eta oldi. Biroq 1124 yilda çjurçjyenlardan mağlubiyatga uçrab, yangi vatan izlab ğarbga qoçdi.
Kidonlar ovda
(Ipak matoga çizilgan surat, Xitoy, IX – X asrlar. Mediazona)
Yelyuy Daşi yöl-yölakay mahalliy turk qabilalari vakillaridan 30 minglik laşkar töpladi. Uyğur xoni Bilge bilan hamkorlik örnatib, uning homiyligida hozirgi Qozoğiston hududiga ötdi.
Yelyuy Daşi qoraxoniylarning şarqiy poytaxti Bolasoğunni deyarli qarşiliksiz egalladi. Şu vaqtdan boşlab ğarbga köçib ötgan kidonlar «qoraxitoylar» nomini, Yelyuy Daşi esa gurxon (teng huquqli qabilalar ittifoqi hukmdori) faxriy unvonini oladi. Dunyo siyosiy xaritasida Qoraxitoylar nomi bilan yangi davlat paydo böladi. U hozirgi uyğur Şinjonidan Sirdaryogaça bölgan hududni öz içiga oladi.
Qoraxitoylar davlatida turli-tuman madaniyat va din vakillari töplanadi. Yelyuy Daşi bilan kelgan kidonlar asosan butparast-tangriçi bölgan. Ular egallagan hududlarda esa Islom dini keng tarqalgan edi. Gurxon qöl ostidagi uyğurlar, qirğizlar, qarluqlar va naymanlar orasida moniylar va nasroniylar ham bölgan.
Yelyuy Daşi konfutsiylik ta’limotini olgan bölsa-da, majusiy sifatida qurbonliklar qilgan. Uning öğli va taxt vorisi esa nasroniylikka doxil Iliya ismini olgan. Gurxon musulmon hukmdorlariga yozgan xatlarini «Bismillo» bilan boşlagan. Qoraxitoylar davlatida diniy va madaniy bağrikenglik hukm surgan, bu borada heç kimga adovat qilinmagan.
Qatvon jangi
1137 yili qoraxitoylar Xöjand yaqinida saljuqlar vassali, Samarqandning qoraxoniy hukmdori Rukniddin Mahmudxon qöşinini tor-mor etişadi. Bu bilan Yelyuy Daşi Farğona vodiysini nazoratga olib, butun Movarounnahrga, uning asosiy şaharlari Samarqand va Buxoroga tahdid qila boşlaydi.
Mahmudxon zudlik bilan saljuqlar hukmdori Sanjardan yordam söraydi. Sulton uning iltimosini yerda qoldirmasdan, ğayridinlarga qarşi uruş e’lon qiladi. Qoraxitoylarga qarşi harbiy yurişga ğazovot tusi berilgan bölsa-da, saljuqlar Xitoydan Yaqin Şarqqa va Yevropaga eltuvçi asosiy savdo yöllarini qöldan boy berişdan köproq qörqişadi.
Tarixçi Ibn al-Asirning yozişiça, Sanjar qoraxitoylarga qarşi 100 ming suvoriyni töplagan. Jangçilarni körikdan ötkazişning öziga 6 oy vaqt ketgan. Rus tarixçisi Lev Gumilyov, «bu yerga yunonlar va salibçilarga qarşi uruşlarda toblangan, öşa davrdagi eng yaxşi yaroğlari bilan qurollangan, musulmon olamining eng yaxşi jangçilari töplangan edi», deb yozadi.
Ğarbiy Eron amiri Garşasp II va qoraxoniy Mahmudxon ham saljuqiylar safiga öz laşkarlari bilan qöşiladi. Yelyuy Daşi esa avvalroq Samarqand hukmdori bilan urişib qolgan qarluqlar bilan ittifoq tuzadi.
Ba’zi tarixçilar gurxonning askarlari sonini 300 ming deb baholaşgan, ammo bu börttiriş bölişi mumkin. Katta ehtimol bilan qoraxitoy va ittifoqdoşlar qöşini soni 50 mingdan oşmagan. Umumiy hisobda 150 ming askar uruş maydonida töplangan deb faraz qilinganda ham, bu öşa davrdagi iştirokçilar soni böyiça eng katta jang böladi. Masalan, Antokiya, Dirraxiy va Hittin janglarida askarlar soni 50 mingdan, Malazgirt va Didgori janglarida 100 mingdan oşmagan.
Qöşinlar Samarqand yaqinidagi Qatvon vodiysida, Darğom daryosining qirğoğida töqnaş kelişadi.
Yelyuy Daşi raqibning köp sonli ekanidan hayiqmaydi. U qöşinini 3 qismga ajratadi: markaz asosiy zarbani qabul qilib olayotgan paytda, qarluqlarning suvoriylaridan iborat qanotlar jang maydonini 2 tomondan aylanib ötib, raqibga orqadan hujum qilişadi. Saljuqlarni Darğom daryosi qirğoğigaça siqib borib, qirib taşlaşadi.
«Islom tarixida bundan ham katta jang bölmagan, Xurosonda bundan ham köp öldirilganlar bölmagan», — deb yozadi tarixçi Ibn al-Asir bu haqda.
Uning ta’kidlaşiça, qoraxitoylar va «eng kuçli jangçilardan bölgan» qarluqlar Darğom daryosi qirğoğini mağlub bölganlarning murdalariga töldirib taşlaşgan. Sanjar 30 mingga yaqin askaridan ayrilgan, uning yaqinlari, oilasi, köplab jangçilar asirlikka tuşgan. Garşasp II öldirilgan.
Qatvon jangi
(Illyustratsiya, Burenerdene.com)
Qatvon jangidan keyin Yelyuy Daşi Sirdaryo va Amudaryo oraliğidagi hududlarni töliq nazoratga oladi. Keyinçalik asosiy raqiblardan biri Xorazmşoh Otsizni ham böysundirib, ölpon tölaşga majbur qiladi.
Sanjar Samarqand ostonasidagi mağlubiyatdan tiklana olmaydi. 1157 yilda u vafot etadi, saljuqlar imperiyasi esa barham topadi. Hududda Islomning tayanç davlati örnini Xorazm egallaydi.
Nasroniylar xaloskori «avliyo Yuhanno»ni izlab...
Yelyuy Daşining musulmonlar ustidan qozongan ğalabasi haqidagi xabarlar Yevropaga özgaça talqinda, geografik noaniqliklar bilan, börttirilgan holda yetib boradi. «Xuşxabar» salib yurişida mağlub bölgan nasroniylar tomonidan kötarinki ruhda kutib olinadi, ularning şijoatini oşiradi.
Bu haqda birinçi bölib nemis tarixçisi Otton Freyzingskiy «Imperator Fridrix amallari» nomli kitobida yozadi.
«Bir neça yillar oldin Fors va Armaniston ortida yaşovçi, nasroniylikka e’tiqod qiluvçi avliyo Yuhanno ismli şoh Midiya va Fors hukmdorlarini mağlub etib, Dajla daryosigaça yetib bordi. Ammo daryoni keçib ötolmasdan, Şarqqa qaytib ketdi».
Yelyuy Daşi ğalabasi haqidagi xabar Germaniya va Fransiya qirollarini ham ruhiyatini kötargan va ikkinçi salib yurişini boşlaşiga sabab bölgan. Salibçilar «avliyo Yuhanno» musulmon hukmdorlariga zarba berib, nasroniylar xaloskori va yordamçisi bölişidan umid qilişgan. Biroq, yakunda bu yuriş nasroniy ritsarlar orasidagi kelişmovçiliklar tufayli barbod bölgan.
1177 yili Rim papasi Aleksandr III «şarqiy papa Yuhanno»ga uzun maktub yozadi. Ammo uning emissari Filipp Osiyodan na nasroniy şohini, na uning davlatini topgan, özi ham dom-daraksiz yöqolgan.
Keyingi yillarda «avliyo Yuhanno» haqidagi miş-mişlar goh tinçib, goh uyğonib turgan. 1221 yili beşinçi salib yurişida ritsarlar orasida Şarqdan yana bir xaloskor kelayotgani, u forslar va boşqa musulmon davlatlarini mahv etib, Bağdod ostonasida turgani, xalifa qöşiniga zarba berişga tayyor ekani haqida miş-mişlar tarqalgan. Bu xabarlar asosli bölgan. Ammo bu hukmdor musulmonlarga ham, nasroniylarga ham birdek qiron keltirayotgan Çingizxon edi.
«Avliyo Yuhanno»ni izlaş jarayoni Yevropa va Şarq örtasidagi diplomatik munosabatlarning şakllanişiga ham olib keladi. 1245 – 1289 yillar oraliğida Rim papasi va Fransiya qiroli Lyudovik IX tomonidan şarqqa uçta missiya yuborilgan. Ularga «Avliyo Yuhanno» podşoligini izlab topiş vazifasi yuklatilgan. Ammo elçilar heç narsa topişolmagan, biroq möğullar bilan siyosiy aloqalarni örnatilişiga sabab bölişgan.
«Avliyo Yuhanno» afsonasi aynan Möğullar imperiyasi gullab yaşnagan XIII asrda öz tarixiy rolini bajardi. Nasroniy hukmdorlar musulmonlarga qarşi janglarda möğullarni ittifoqdoş sifatida körişgan, kömagidan umidvor bölişgan. Ularning işonçi qisman oqlangan. Çingizxonning nabirasi Xulagu Yaqin Şarqda öz davlatini tuzib, nasroniylarga xayrixohlik qilgan. U ismoiliylarning «zabt etib bölmas» Alamut qal’asini mahv etib, Bağdodni talon-toroj qilgan, hatto Damaşqqaça yetib borgan. Ammo vatani Möğulistondagi voqealar tufayli harbiy yurişni töxtatib, orqaga qaytgan. Xulaguning sarkardasi, nasroniy Kitbuka esa deyarli Quddusgaça yetib borib, uning ostonasida mamluklar tomonidan mağlub etilgan.
Oradan yana yuz yillar ötib, Markaziy Osiyodan çiqqan musulmon hukmdori qudratli davlatlarni tor-mor etib, nasroniy olamiga bilvosita kömak berib yuboradi. Vizantiya halokatini deyarli yarim asr orqaga surib, turk-usmonli qöşinlarini Yevropaga hujumini töxtatadi. Bu hukmdorning ismi Temur, barlos uruğidan çiqqan Tarağay öğli edi. Ammo uning hayotiga oid hikoyalar – alohida mavzu.