Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Britaniya Shvetsiya va Finlandiyaga NATOga kirgunicha xavfsizlik masalasida yordam beradi
Finlandiya va Shvetsiya bir necha oy davom etishi mumkin bo‘lgan NATOga qo‘shilish jarayonida o‘z xavfsizligi masalasida xavotir olyapti. Vashington va London ularga Rossiyaning dushmanlik harakatlari vaqtida yordam berishni va’da qilmoqda.
Shvetsiya va Finlandiya NATOga rasman a’zo bo‘lmagunicha, g‘arb davlatlarining ko‘magisiz Rossiya bilan yuzma-yuz qolmaydi. Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles 4 may, chorshanba kuni Finlandiyaga tashrifi chog‘ida jurnalistlarga bergan intervyusida Britaniya har ikki davlatga hujum qilingan taqdirda yordam berishini bildirdi.
«NATOga kirish bo‘yicha muzokaralar yoki ratifikatsiya jarayoni qaysi bosqichda bo‘lishidan qat’i nazar, Buyuk Britaniya Shvetsiya va Finlandiyani qo‘llab-quvvatlamasligini tasavvur qila olmayman. O‘ylaymanki, bizni haqiqatda birlashtiradigan narsa shu», dedi u. Uollesning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya «Finlandiyani qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘lidan kelganini qiladi».
Finlandiya bosh vaziri Sanna Marin chorshanba kuni Kopenhagenda Skandinaviya davlatlari yetakchilari bilan uchrashuvdan so‘ng Xelsinki NATOga rasman qo‘shilishdan oldin alyansdagi asosiy davlatlar bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani, bu bir necha oy davom etishi mumkinligini bildirdi. U bu jarayon imkon qadar tezroq tugashiga umid bildirdi.
O‘z navbatida, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde chorshanba kuni AQShdan Shimoliy Atlantika alyansiga ehtimoliy qo‘shilish davrida mamlakat xavfsizligini ta’minlashda yordam ko‘rsatish bo‘yicha kafolat olganini aytdi. «Barcha tafsilotlarni oshkor eta olmayman, lekin menimcha, endi amerikaliklar bizni qo‘llab-quvvatlaydi», — dedi Linde Vashingtonda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuvdan so‘ng.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hali qat’iy xavfsizlik kafolatlari emas, chunki bunday kafolatlar faqat NATOga a’zo bo‘lish orqali olinadi. Biroq, Shvetsiya vaziri ta’kidlashicha, «Rossiya Shvetsiyaga qarshi ilgari tahdid qilgan dushmanona harakatlariga AQSh tomonidan javob berilishiga ishonch hosil qilishi mumkin».
Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari munosabati bilan neytral Finlandiya va Shvetsiyada Shimoliy Atlantika ittifoqiga qo‘shilish istagi kuchaydi. Taxminlarga ko‘ra, ikki davlatning NATOga rasmiy murojaati may oyining o‘rtalarida e’lon qilinishi mumkin. Bunda Skandinaviya ikki davlatining kirishiga doir arizalar alyansning iyun oyida Madridda bo‘lib o‘tadigan sammitida ko‘rib chiqiladi.
Rossiya bir necha bor Shvetsiya va Finlandiyani NATOga kirish borasida ogohlantirib, Yevropa shimolida tinchlik va barqarorlik uchun bunday qarorning salbiy oqibatlarini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026