Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 iyunda Qozog‘iston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum o‘tkaziladi
Qosim-Jo‘mart To‘qayev aprel oxirlarida mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif qilgandi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev respublika referendumini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar berdi Tengrinews.kz.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, referendum joriy yilning 5 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Referendumda Qozog‘iston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha so‘rov o‘tkaziladi.
Referendumni tashkil etish va o‘tkazish markaziy saylov zimmasiga yuklatildi.
29 aprel kuni Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif qilgandi.
«Biz yangi davlat modeli, davlat va jamiyatning o‘zaro hamkorligining yangi modeliga o‘tmoqchimiz. Bu sifatli o‘tishni ikkinchi respublika deb atash mumkin. Ishchi guruh tomonidan asosiy qonunning 33 ta moddasiga o‘zgartirishlar tayyorlangan, bu esa konstitutsiyaning uchdan bir qismini tashkil etadi», — degandi To‘qayev.
Mavzuga oid
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
10:25 / 24.06.2026
To‘qayev va YeI yetakchilari hamkorlikning yangi bosqichini boshladi
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:21 / 22.06.2026