Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeIning 15 mamlakatida noma’lum turdagi gepatit bilan bog‘liq yuzga yaqin holat aniqlandi
Eng ko‘p holatlar Italiya va Ispaniyada qayd etilgan - mos ravishda 35 va 22 holat.
Foto: Picture Alliance
YeIning 15 mamlakatida noma’lum turdagi gepatit bilan bog‘liq 95ta holat aniqlandi, deb xabar berdi Euractiv portali.
Xabarda aytilishicha, 5 may holatiga YeIning 15 mamlakatida 16 yosh va undan kichik bo‘lgan bolalar orasida noma’lum turdagi o‘tkir gepatit bilan bog‘liq 95 holat qayd etilgan.
Eng ko‘p holatlar Italiya va Ispaniyada qayd etilgan — mos ravishda 35 va 22 holat. Niderlandiya va Daniyada oltitadan, Irlandiyada to‘rtta holat aniqlangan. Portugaliya va Ruminiyada to‘rttadan, Belgiyada uchta holat qayd etilgan. Avstriya, Kipr, Fransiya va Norvegiyaga ikkitadan holat to‘g‘ri keladi. Germaniya, Polsha, Sloveniyada bittadan holat aniqlangan.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti aprel oyi boshidan buyon 11ta davlatda bolalar orasida noma’lum turdagi gepatitga chalinish bilan bog‘liq 169 ta holat qayd etilgani haqida ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
12:04 / 16.04.2026
Yangi biometrik chegara nazorati YeI aeroportlarida muammo chiqardi
07:45 / 09.04.2026
Infografika: Xitoy qarzi YeIni ortda qoldirdi
11:06 / 06.04.2026
"Rossiya NATO bilan cheklanmaydi"- siyosatshunos
12:00 / 24.03.2026