«Jamiyatimiz o‘zgarayotgani sezilmoqda» – prezident OAV vakillari bilan muloqot qildi
9 may kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonida bo‘lgan davlat rahbari Yashnobod tumani Ahmad Yassaviy mahallasida tashkil etilgan “Uch avlod bog‘i”ga tashrif buyurdi.
Hududda tashkil etilgan innovatsion boshqaruv kompaniyasi faoliyati bilan tanishuv chog‘ida Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan ham suhbatda bo‘ldi:
“Bugungi bayram bilan xalqimizni, har biringizni tabriklayman. Bugungi issiq havoda urush qatnashchilarini ovora qilmay, o‘zimiz uylariga borib xabar olganimiz yaxshi bo‘ldi deb o‘ylayman. Nafaqat men, barcha rahbarlar ham urush qatnashchilari, nuroniylarimizni ziyorat qilib kelishmoqda. Ko‘rdingiz, 98 yoshli faxriyimiz Abbos ota bilan suhbatlashdim. Berlingacha borgan otamizning o‘zi bir jonli tarix.
Mana, mahalla bilan ham, bog‘ bilan tanishdingiz. Yana qaytarib aytaman – qilsa bo‘lar ekan-ku. Bugun jamiyatimiz o‘zgarmoqda, bu xalqimizga sezilmoqda. Lekin unutmang, bu birinchi qadamlarimiz. Har bir harakatimiz xalqimizni rozi qilishga qaratilishi kerak. Dunyodagi vaziyat, yirik davlatlardagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar, inflatsiya bizga ham ta’sir qilmay qolmaydi. G‘alla, neft mahsulotlari narxi oshyapti. Bu ham korxonalarimizga, tadbirkorlarimiz faoliyatiga jiddiy sinov bo‘ladi.
Vaziyat shunday ekan, belni mahkam bog‘lab, yanada ko‘proq ishlashimizga to‘g‘ri keladi. Sizlar ham ommaviy axborot vositalari vakillari sifatida bizning maqsadlarimizni xalqimizga yetkazib, vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shyapsizlar. Maqsadimiz esa aniq – xalqimizni rozi qilish”, – deya prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
16:05 / 16.11.2024
“Ma’naviy ekspertiza” axloq pardasi himoyachisimi yoki media makon nazoratchisi? Bahsli mavzuda katta suhbat
18:36 / 15.11.2024
Bu yil qishda iste’molchilarga 21 milliard kub metr gaz yetkazib berish rejalashtirilgan
21:17 / 14.11.2024
SSV huzurida «Xaridlar markazi» va uning 13 ta hududiy filiali tashkil etiladi
16:20 / 14.11.2024