Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tashabbusi bilan «ShHTning madaniy va turistik poytaxti» maqomi joriy etiladi
Joriy yildan O‘zbekiston tashabbusi bilan ShHTning madaniy va turistik poytaxti maqomini berish amaliyoti joriy etilmoqda. Birinchi marta bunday maqom Hindistonning Varanasi shahriga beriladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov, bugun, 11 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Xalq diplomatiyasi forumida ma’lum qildi.
Norov ShHT tamaddunlar o‘rtasidagi muloqotni faol va izchil rivojlantirishga ko‘maklashishi va turli madaniyatga ega xalqlar o‘rtasida ko‘priklar barpo etishini ta’kidladi.
«ShHT makonida xalq diplomatiyasini rivojlantirish uchun mamlakatlarimiz yosh avlodining ulkan salohiyatidan foydalanish zarur. Shanxay hamkorlik tashkiloti makonida 800 milliondan ortiq yoshlar istiqomat qiladi, bu dunyo yoshlarining deyarli yarmi bo‘lib, ularga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun to‘g‘ri yo‘nalish va shart-sharoit berilishi zarur.
…Buning uchun ShHTda Yoshlar kengashi, ShHT universiteti, ShHT modeli, Ishbilarmonlik kengashi, “SOLAR Netvork” yoshlar platformasi va boshqalarni o‘z ichiga olgan keng jamoatchilik mexanizmlari tizimi mavjud.
ShHTning madaniy xilma-xilligi va boy turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston tashabbusi bilan joriy yilda ShHTning madaniy va turistik poytaxti maqomini berish amaliyoti joriy etilmoqda. Birinchi marta bunday maqom Hindistonning Varanasi shahriga beriladi», – deya Norovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, ShHT xalq diplomatiyasi konseptual asoslarini boyitish muhimligi yuzasidan O‘zbekiston rahbari «ShHTning Ezgu niyat elchisi» institutini tashkil etish tashabbusi bilan chiqqani ma’lum qilindi.

«Madaniyat, san’at va fan arboblariga ushbu faxriy unvonning berilishi Tashkilotning maqsad va vazifalarini jahon miqyosida keng jamoatchilik orasida namoyon etish, xalqaro maydonda ijobiy nufuzini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi», — dedi O‘zbekiston TIV rahbari.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 11–12 may kunlari Toshkentda «Xalq diplomatiyasi – taraqqiyot yo‘lida o‘zaro hamjihatlik» shiori ostida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning Xalq diplomatiyasi forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026