O‘zbekiston prezidenti maxsus vakili Italiya hukumati maxsus vakili bilan muzokaralar o‘tkazdi
2022 yilning 10 may kuni O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Rim shahrida Italiya hukumatining Afg‘oniston va Yaman bo‘yicha maxsus vakili Janfranko Petrutsella bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Italiyaning afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlari, ushbu mamlakatga insonparvarlik va boshqa yordamlar ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
J.Petrutsella O‘zbekistonning Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash va unga insonparvarlik yetkazishdagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishda Italiyaning O‘zbekiston tomoni bilan bundan keyin ham faol hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qilindi.
Uchrashuvda Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, mamlakatning yangi hukumati va gumanitar inqirozning oldini olishga nisbatan xalqaro hamjamiyatning umumiy pozitsiyasini ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.
Afg‘oniston masalasi bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirishdan O‘zbekiston va Italiyaning o‘zaro manfaatdorligi bildirildi.
Bundan oldin O‘zbekiston hukumati Afg‘onistondan mamlakat chegarasini buzib o‘tgan harbiy uchoqlarni AQSh mulki bo‘lgani sababli ularga qaytarishni rejalashtirmayotgani xabar berilgandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev «Amerika ovozi»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Mavzuga oid
13:48 / 19.12.2024
«Gazprom» Italiyaga birinchi marta STG yetkazib berdi
13:14 / 05.12.2024
Italiya va O‘zbekiston ekomuammolarga qarshi kurashishda hamkorlikni chuqurlashtiradi
18:28 / 04.12.2024
Italiya avstriyalik milliarder Rene Benkoni hibsga olishga order berdi
01:01 / 29.11.2024