Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada rossiyalik askar ustidan birinchi sud jarayoni boshlandi
Rossiyalik harbiy Sumi viloyatida 62 yoshli fuqaroni o‘ldirganlikda ayblanmoqda. Bu Ukrainada rossiyalik harbiylarga qarshi birinchi sud jarayonidir. U umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Ukraina Bosh prokuraturasi 11 may, chorshanba kuni rossiyalik harbiy xizmatchiga nisbatan birinchi sud jarayoni to‘g‘risida e’lon qildi. U harbiy jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.
Tergov 21 yoshli rossiyalikni Sumi viloyatida tinch aholini otib o‘ldirganlikda ayblamoqda. 28 fevral kuni Ukraina qurolli kuchlari harbiylari tomonidan kolonnasi yo‘q qilingan sudlanuvchi o‘zining to‘rt nafar xizmatdoshi bilan qochib ketgani xabar berilgan. Ular shaxsiy avtomashinaga qarata avtomatlardan o‘q uzib, uni o‘g‘irlab ketgan. Ushbu mashinada rossiyalik harbiylar Sumi viloyatining Chupaxivka qishlog‘iga kirib borgan.
Yo‘lda ular yo‘l chetidan velosipedda yurib, telefonda gaplashayotgan qurolsiz kishini ko‘rib qolgan. Ukraina Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, harbiylardan biri ayblanuvchiga fuqaroni o‘ldirish haqida topshiriq bergan.
«Ayblanuvchi 62 yoshli fuqaroning boshiga Kalashnikov avtomatidan mashina ochiq oynasi orqali bir necha marta o‘q uzgan. Erkak o‘z uyidan atigi bir necha o‘n metr uzoqlikda vafot etgan», - deyiladi Ukraina Bosh prokuraturasi bayonotida.
Hozirda Ukraina asirligida bo‘lgan rossiyalik askar harbiy jinoyat va qotillik uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Ukraina Bosh prokuraturasi uning qo‘lga olingani tafsiloti va qolgan to‘rt nafar rossiyalik harbiyning taqdiri haqida hech qanday ma’lumot bermagan.
Mavzuga oid
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
16:13 / 22.06.2026
Ukraina Voronejdagi mudofaa zavodiga hujum qildi – fotolar
10:35 / 22.06.2026