O‘zbekistonning bola mehnati va majburiy mehnatga barham berish tajribasidan boshqa davlatlar ham foydalanishi mumkin
Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada 2021 yilda O‘zbekistonda bolalar va majburiy mehnatga butunlay barham berilgani yana bir bor e’tirof etildi.
Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan Janubiy Afrika Respublikasining Durban shahrida gibrid shaklda “Bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha 5-Global konferensiya” bo‘lib o‘tmoqda. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan “2021 yil Bolalar mehnatiga barham berish xalqaro yili” doirasida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada O‘zbekistonlik vakillar ham ishtirok etyapti.
Senat matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbir ochilishida qisqa muddatda bolalar mehnati va majburiy mehnatni butunlay bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar inobatga olinib, XMTga a’zo davlatlardan faqatgina O‘zbekistonga tadbirning ochilish marosimida kirish so‘zi bilan ishtirok etish imkoniyati berilgan.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida so‘zga chiqib, majburiy mehnatga barham berishda birinchi navbatda milliy qonunchilikni xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish, institutsional bazani rivojlantirish, monitoring va tadqiqotlar olib borish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligini qayd etdi.
Xususan, 2019-2021 yillar davomida bu boradagi milliy qonunchilikni takomillashtirish maqsadida 32 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi, har yili Xalqaro mehnat tashkilotining o‘rtacha ikkita konvensiyasi ratifikatsiya qilinayotganligi, bu sohada bolalar mehnati va majburiy mehnat uchun jinoiy javobgarlik choralarining kuchaytirilganligi samarali choralardan biri bo‘lganligi ta’kidlandi.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston tajribasi boshqa davlatlarga ham namuna bo‘lishi mumkinligini e’tirof etdi.
O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasidagi yo‘li to‘g‘ri va samarali ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi. Milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga implementatsiya qilishdan tortib, bu boradagi ishlarga barcha idoralarni jalb etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish o‘z samarasini berdi, deya qayd etdi Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori Gay Rayder.
Xalqaro konferensiya 20 maygacha davom etadi.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 11:15
-
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:11
-
Turkiyadagi mehmonxonada yong‘in: qurbonlar soni 76 kishiga yetdi, 9 kishi qo‘lga olingan
Jahon | 11:04
-
Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi
O‘zbekiston | 10:52
Mavzuga oid
13:33 / 15.01.2025
Elektron mehnat shartnomalarini tuzish tartibi tasdiqlandi
14:21 / 10.12.2024
Ukraina RF va egallab olingan hududlardan 5 nafar bolani qaytardi
11:33 / 23.11.2024
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni joylashtirishning muqobil shakllari joriy etilmoqda
10:53 / 16.11.2024