Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro jinoyat sudi Ukrainaga ekspertlar guruhini jo‘natdi
Ekspertlarning vazifasi guvohlar ko‘rsatmalarini to‘plash hamda kriminalistik va raqamli materiallarga baho berishdan iborat bo‘ladi.
Foto: AP
Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Ukrainaga 42 nafar tergovchi, sud ekspertlari va yordamchi xodimlardan iborat guruhni jo‘natdi.
XJS bosh prokurori Karim Xonning ma’lum qilishicha, ular mazkur organ yurisdiksiyasi ostiga tushadigan jinoyatlarni tergov qiladi.
Ekspertlarning vazifasi guvohlar ko‘rsatmalarini to‘plash hamda kriminalistik va raqamli materiallarga baho berishdan iborat bo‘ladi.
Xonning so‘zlariga ko‘ra, XJS vakillari Ukrainadagi fransuz sud-tibbiyot ekspertlari guruhi va boshqa davlatlar jo‘natgan jamoalar bilan ishlaydi.
XJS Ukrainada sodir etilgan ehtimoliy harbiy jinoyatlar bo‘yicha mart oyi boshlarida surishtiruv boshlagandi.
Rossiyaning ehtimoliy harbiy jinoyatlari bo‘yicha Ukrainaning o‘zi ham surishtiruv boshlagan. Shuningdek, YeIning 10dan ortiq mamlakatlari o‘z surishtiruvlarini boshlab yuborgan.
Mavzuga oid
08:50 / 15.04.2026
Zelenskiy: Erondagi urush sabab AQShning Ukrainaga vaqti yo‘q
09:48 / 14.04.2026
Madyar: Vengriya Ukraina uchun 90 mlrd yevroni bloklamaydi
09:01 / 14.04.2026
Rossiyadagi eng yirik fosforli o‘g‘it zavodi yana dronlar hujumiga uchradi
09:48 / 13.04.2026