Jahon | 14:37 / 20.05.2022
25590
5 daqiqa o‘qiladi

Kiyevda uylar tiklanmoqda, Xarkovda metro odatiy rejimga qaytmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 86-kuni o‘tmoqda. Rossiya Xarkov atrofidan butunlay ketgan - shahar odatiy hayot tarziga qaytmoqda: o‘tgan vaqt mobaynida bombapanagoh vazifasini o‘tagan metro keyingi haftadan shtat rejimida ishlay boshlaydi. Kiyev oblastida aholi o‘z uylarini tiklashga kirishgan. Ukrainada yana ikki rossiyalik harbiyni sud qilish boshlandi - ular Xarkov oblastini artilleriyadan o‘qqa tutishda ayblanmoqda.

RF mudofaa vazirligi e’lon qilgan videoda «Azovstal»dan chiqarilib, Olenovkaga olib ketilgan ukrainalik harbiy asirlar aks etgan
Russian Defense Ministry Press Service via AP

Ukrainadagi urush, so‘nggi ma’lumotlar
 

  • AQSh Senati Ukrainaga moliyaviy yordam sifatida 40 mlrd dollar ajratishni ma’qulladi;
  • Oq uy Rossiyaning Qora dengizdagi blokadani yengib o‘tish uchun Ukrainaga kemalarga qarshi raketalar yetkazib berish ustida ishlamoqda. Gap ishlab chiqaruvchisi Boeing bo‘lgan Harpoon hamda Kongsberg va Raytheon Technologies tomonidan ishlab chiqarilgan NSM (Naval Strike Missile) raketalari haqida ketmoqda;
  • Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukrainaga yangi qurollar yetkazib berilishi haqida xabar qildi. Britaniya Ukrainaga uzoq masofaga otuvchi artilleriya, dronlar va kemalarga qarshi raketalar yuboradi.
  • Kiyevda rossiyalik 21 yoshli serjant Vadim Shishimarin ustidan ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. U Sumi oblastida 62 yoshli tinch aholi vakili Aleksandr Shelipovni o‘ldirishda va Urush qonunlari va urf-odatlarini buzishda ayblanmoqda. U aybiga iqror bo‘lgan, prokuror uning umrbod qamoq jazosiga mahkum etilishini so‘ragan.
  • Ukraina qurolli kuchlari «Regionlar partiyasi» vakili, sobiq prezident Viktor Yanukovichga yaqin bo‘lgan sobiq deputat Oleg Tsarevning ukasi qo‘lga olinganini xabar qildi. U qo‘poruvchilik harakatlari tayyorlashda ayblanmoqda.
  • Rajab Erdo‘g‘an Turkiya NATOni Shvetsiya va Finlandiyaning a’zoligiga «yo‘q» deyishini ma’lum qilganini bildirdi. Ammo NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyans a’zolari Shvetsiya hamda Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgan Finlandiyani bir ovozdan qabul qilishiga shubha qilmayotganini aytmoqda.

Quyida 19 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkov oblasti

Xarkov metrosida sabzavot to‘g‘rayotgan ayol
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Keyingi haftadan Xarkov metrosi shtat rejimida ishlay boshlashi kutilmoqda. Shaharda portlashlar deyarli kuzatilmayotgan bo‘lsa-da, aholi hamon undan bombapanagoh sifatida foydalanib kelmoqda.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Saltovka rayonidagi metro bekatida jon saqlayotgan kishilar.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Metroda itini silayotgan kishi.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Xarkovlik kishi qulab tushgan elektr uzatish simlari oldidan o‘tmoqda.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Xarkov yaqinidagi Olxovka qishlog‘ida zarbalar natijasida shikastlangan quyosh elektrostansiyasi
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Malaya Rohan qishlog‘ida vayron bo‘lgan uyi oldidagi kishilar. Uy yonida — rossiyaliklarning vayron bo‘lgan harbiy texnikasi. Qishloq ukrain harbiylari tomonidan qaytarib olingan.
Ricardo Moraes / Reuters / Scanpix / LETA

Dnepropetrovsk oblasti 

Katta Kostromka qishlog‘ida yashovchi ayol. U zarba vaqtida uch nafar farzandi bilan uy yerto‘lasiga yashiringandi.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Katta Kostromka qishlog‘idagi uy polida bolalar tomonidan chizilgan surat. Bu xonadon egalari hujumdan omon qolishgan.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Katta Kostromka qishlog‘i rossiyaliklar zarbalaridan keyin.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA
Katta Kostromka qishlog‘ida mahalliy aholi vakili Anatoliy Virko rossiyaliklar zarbasidan shikastlangan uy yonida pianino chalmoqda
AP Photo/Francisco Seco
Ukrainalik politsiyachi Katta Kostromka qishlog‘ida o‘qqa tutilgan zavod vayronalari oldida
AP Photo/Francisco Seco
Donetskda zarbaga uchragan uydan stulini olib chiqayotgan keksa yoshli kishi
AP Photo/Alexei Alexandrov

Kiyev oblasti 

Moshchun qishlog‘ida uy tomini tuzatayotgan kishilar.
Edgar Su / Reuters / Scanpix / LETA
Stoyanka qishlog‘idagi bolalar hududiy mudofaa jangchilari o‘yinini o‘ynashmoqda
Sergei Chuzavkov / AFP / Scanpix / LETA
O‘qdan ilma-teshik bo‘lgan devor yonida o‘sayotgan lola. Moshchun qishlog‘i.
Edgar Su / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid