Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada 2 millionga yaqin bezgak holati qayd etildi
Pxenyan rasmiylari bemorlar koronavirus yuqtirib olganini tasdiqlamayapti. Bunga KXDRda koronavirusga testdan o‘tkazish tizimi deyarli yo‘qligi sabab bo‘ldi.
KXDR OAVlari 19 may, payshanba kuni Shimoliy Koreyada koronavirusning birinchi holati tasdiqlanganidan bir hafta o‘tib «bezgak belgilari» bilan deyarli ikki million bemor ro‘yxatga olinganini xabar qildi.
Bir kun avval Shimoliy Koreyada yana 262 ming kishida «bezgak alomatlari» aniqlangan. Natijada, kasallanganlarning umumiy soni 1,98 millionga yetdi, ularning deyarli 1,4 millioni tuzalib ketgan.
O‘lganlar soni 63 nafarga yetdi. KXDRda deyarli 26 million kishi istiqomat qiladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya bemorlarning koronavirus bilan kasallanganini rasman tasdiqlamaydi, chunki mamlakatda SARS-CoV-2 uchun test tizimi deyarli yo‘q.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya haligacha aholini koronavirusga qarshi keng ko‘lamli emlashni amalga oshirmagan. Pxenyan hukumati JSST kanallari orqali mamlakatga koronavirusga qarshi vaksinalarni yetkazib berish taklifidan bosh tortgan.
Bundan roppa-rosa bir hafta oldin Shimoliy Koreya mamlakatda birinchi koronavirus holatini rasman tasdiqlagan edi. O‘shandan beri Pxenyan hukumati epidemiyani keng miqyosda lokdaun va koronavirus omikron variantining xavfi haqida ma’lumot kampaniyasi bilan to‘xtatishga harakat qilmoqda.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
21:21 / 26.12.2025