Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiqda 80 gektar yer maydonida o‘rmon tipidagi istirohat bog‘i barpo etiladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Chirchiq shahrida 80 gektar yer maydonida davlat-xususiy sherikchilik asosida o‘rmon tipidagi istirohat bog‘i va dam olish maskani barpo etiladi.
“Nigoh” telegram kanali xabar berishicha, hujjatga ko‘ra, istirohat bog‘i va dam olish maskani aholining dam olishi uchun qulay bo‘lgan, daraxtzorlar bilan qoplanadi.
Shuningdek, bolalar shaharchasi, eko-ferma (hayvonot bog‘i), skeyt-park, sun’iy tirmashish qoyasi, turli xildagi sport maydonchalari va attraksionlar barpo etiladi.
Bundan tashqari, yugurish va veloyo‘laklar, tabiiy amfiteatr maydoni qurilishi ham rejalashtirilgan.
Avvalroq prezidentning “Toshkent viloyatida "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandi.
Toshkent viloyati hokimligi, "O‘zkimyosanoat" AJ va Tatariston prezidenti ma’muriyati bilan bir qator kelishuvlarga, jumladan "Ximgrad" AJ (Tatariston) bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkini tashkil etish haqida kelishuvga erishilgan.
"O‘zkimyosanoat" AJning boshqaruvi qaroriga asosan MChJ shaklidagi "Chirchiq" kimyo-industrial texnoparki direksiyasi tashkil qilingan.
Mavzuga oid
11:24 / 13.07.2026
Bo‘stonliqda Chirchiq daryosi o‘rtasida qolgan fuqaro qutqarildi
09:55 / 27.06.2026
Chirchiqda kanalga tushib ketgan fuqaro qutqarib qolindi
08:58 / 20.06.2026
Chirchiqdagi kanalda hushsiz holatdagi fuqaro qutqarildi
09:30 / 16.06.2026