Zelenskiy Rossiya harakatlaridan yetkazilgan zararni qoplash uchun fond tuzishni taklif qildi
Kompensatsiya to‘lash jamg‘armasi Rossiyaning Ukraina bilan hamkor mamlakatlarda musodara qilingan aktivlari hisobidan shakllantiriladi, deb hisoblaydi Volodimir Zelenskiy. Bosh vazir Shmigal avvalroq tiklash ishlari qiymatini 600 milliard dollarga baholagan edi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z mamlakatiga harbiy bosqin chog‘ida Rossiya yetkazgan zararni to‘lash uchun jamg‘arma tashkil etishni maqsadga muvofiq deb hisoblashini bildirdi. «Biz hamkor davlatlarga ko‘p tomonlama shartnoma imzolashni va Rossiya harakatlaridan jabrlanganlar barcha yo‘qotishlar uchun kompensatsiya olishlari mumkin bo‘lgan mexanizm yaratishni taklif qilamiz», — dedi davlat rahbari 20 may, juma kuni videomurojaatida.
Hamkor davlatlarning yurisdiksiyalarida joylashgan Rossiya mablag‘lari va mol-mulki olib qo‘yilishi yoki muzlatilishi, keyin esa musodara qilinishi va maxsus fondga yo‘naltirilishi kerak, deya tushuntirdi Zelenskiy. U Ukrainaning hamkor mamlakatlarini ushbu jamg‘armaning ta’sischilari bo‘lishga taklif qildi.
Rossiya urush «boshqalarga emas, balki u bilan birga kelgan qo‘shniga maksimal darajada zarar yetkazishga» qodir ekanini his qilishi kerak», dedi Ukraina prezidenti. «Rossiya pullari kompensatsiya sifatida har bir insonga, oilaga, zarar ko‘rgan biznesga yetib borishi kerak», - deya qo‘shimcha qildi Volodimir Zelenskiy.
Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal aprel oyi oxirida urushdan keyin mamlakatni qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni 600 milliard dollar (553 milliard yevro) deb baholadi. Xalqaro valuta jamg‘armasining bahorgi sessiyasida Ukraina hukumati rahbari tashkilot a’zolarini XVJdan olgan zaxira aktivlarining 10 foizini Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun xayriya qilishga chaqirdi.
Mavzuga oid
10:36
Zelenskiy Sholsning Putinga qo‘ng‘irog‘ini tanqid qildi
08:00
Reuters: Zelenskiy Sholsni Putin bilan gaplashmaslik haqida ogohlantirgan
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
12:15 / 12.11.2024