Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
Intellektual mulk agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan To‘lqin Abdusattorov adliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Prezident qaroriga muvofiq To‘lqin Sayfullayevich Abdusattorov adliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva xabar berdi.
U Intellektual mulk agentligi direktori lavozimidan ozod etilgan.
To‘lqin Abdusattorov 1978 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1999 yilda Samarqand davlat universitetini, 2003 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2007 yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U mehnat faoliyatini 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi falsafa va huquq instituti kichik ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan. 2019 yil mart oyidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining raisi bo‘lgan, 2019 yil sentabrida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026
800 ga yaqin davlat xizmatida byurokratiya nolga tushirilishi aytildi
17:10 / 27.04.2026