Jahon | 08:15 / 24.05.2022
10622
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Suriyadagi kurdlarga qarshi yangi hujum rejalari haqida e’lon qildi

Anqara Suriya bilan chegarada «bu mintaqadan kelayotgan terrorchilik tahdidlarini bostirish uchun» uzunligi 30 km bo‘lgan hudud yaratmoqchi», dedi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

Foto: Picture Alliance

Anqara tez orada Suriyadagi kurdlarga qarshi yangi hujum uyushtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 23 may, dushanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu operatsiyadan maqsad o‘z mamlakatining janubiy chegarasi bo‘ylab 30 km kenglikdagi xavfsizlik zonasini yaratish bo‘lib, u «hududdan kelayotgan terror tahdidlarini bostirish» uchun kerak.

Anqara Kurd ishchilar partiyasi (KIP) va O‘zini mudofaa qilish xalq otryadlarini (YPG, «Suriya demokratik kuchlari» ittifoqining bir qismi) terrorchi tashkilotlar deb atamoqda.

14 may kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li NATO tashqi ishlar vazirlarining Berlindagi navbatdan tashqari, norasmiy yig‘ilishida Turkiya aholisining aksariyati Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga qabul qilinishiga shu davlatlar «KIP va YPG’ni ochiqdan ochiq qo‘llab-quvvatlagani uchun» qarshi ekanligini aytdi. 

O‘z navbatida, Finlandiya tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto o‘shanda turkiyalik hamkasbi bilan mavjud kelishmovchiliklarni muhokama qilmoqchi ekanligini va ular «muammoga yechim topishga» ishonishini bildirgan edi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid