Shimoliy Koreya bir nechta ballistik raketalarni uchirdi
Yaponiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya o‘z qirg‘oqlaridan kamida ikkita ballistik raketa uchirdi.
Shimoliy Koreya tomonidan 25 may, chorshanba kuni sharqiy qirg‘oqdan ballistik raketa uchirilishi «qabul qilib bo‘lmaydigan provokatsiya»dir. Yaponiya mudofaa vaziri Nobuo Kisi shunday bayonot bilan chiqdi.
Kisi jurnalistlarga bergan intervyusida Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan ilk ballistik raketaning 550 km balandlikka chiqqaniga va taxminan 300 km masofani bosib o‘tganiga diqqat qaratdi. Ikkinchi raketa 50 km balandlikka ko‘tarilib, taxminan 750 km masofani bosib o‘tdi, deya qo‘shimcha qildi u.
Yaponiya mudofaa vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya ikkitadan ortiq raketa uchirgan bo‘lishi ham mumkin. O‘z navbatida, Janubiy Koreya, o‘z ma’lumotlariga tayanib, KXDR qirg‘oqlaridan uchta raketa uchirilganini ma’lum qildi.
So‘nggi oylarda xalqaro izolyatsiyada bo‘lgan va qattiq sanksiyalarga uchragan Shimoliy Koreya bir qator raketa sinovlarini o‘tkazdi. Qo‘shma Shtatlar Pxenyan 2017 yildan beri birinchi marta yadro qurolini ham sinovdan o‘tkazishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
Ayni paytda, AQSh prezidenti Jo Bayden 22 may kuni Yaponiyaga tashrifi chog‘ida Shimoliy Koreyada yangi qurol sinovlari o‘tkazilishidan xavotirda emasligini aytdi. «Biz ular qilayotgan har bir narsaga qanday munosabatda bo‘lish haqida o‘ylab ko‘rdik», dedi Qo‘shma Shtatlar yetakchisi.
Mavzuga oid
09:08 / 08.11.2024
Zelenskiy: Kursk oblastidagi KXDR askarlari yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda
12:00 / 30.10.2024
AQSh Davlat departamenti Daniyaga "havo-havo" raketalarini sotishni ma’qulladi
20:15 / 27.10.2024
Ukrainaga qarshi jangga tashlangan KXDR askarlari: ekspertlar qanday fikrda?
15:07 / 25.10.2024