Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Motivatsion posterlar va bo‘sh ko‘chalar. Shimoliy Koreya koronavirusga qarshi qanday kurashyapti?
Shimoliy Koreya koronavirus aniqlanganini rasman tan olgach, mamlakatda favqulodda vaziyat e’lon qilingan. Bu vaziyatda yopiq mamlakatda oziq-ovqat va dori-darmon tanqisligi kuzatilishi ehtimollari haqida taxmin qilindi, biroq aniq ma’lumotlar yetarli emas. Suratlar esa KXDR hozir butunlay lokdaunga kirganini, ko‘chalarga motivatsion bannerlar ilinganini ko‘rsatadi.
12 may kuni Shimoliy Koreya hukumati Pxenyanda koronavirusning “omikron” variantiga chalinish bilan bog‘liq ilk holatlar aniqlanganini xabar qildi – koronavirus 8 may kuni test topshirgan odamlarda aniqlangan.
Shundan keyin butun mamlakatda “maksimal favqulodda holat” joriy etilib, lokdaun e’lon qilindi. Bundan tashqari, mamlakatda aprel oyidan boshlab noma’lum bezgak ham tarqalgan.
Reuters agentligi Shimoliy Koreyada koronavirus bilan kurash qanday kechayotgani haqida fotosuratlarni jamladi. Suratlarda Shimoliy Koreya ko‘chalari bo‘m-bo‘sh ekani, pandemiyaga qarshi kurash tasvirlari aks etganini ko‘rish mumkin.
Foto: REUTERS
Foto: REUTERS
Mamlakatning ancha paytdan buyon yopiqligi, oziq-ovqat va tibbiy buyumlar tanqisligi sabab 25 mln aholining hayoti xavf ostida qolishi mumkinligi, bunday vaziyatda Shimoliy Koreya dunyoga ochilishi mumkinligi pronoz qilina boshlandi.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In armiyaning harbiy-tibbiy xizmatini dorixonalarni zarur dori-darmonlar bilan uzluksiz ta’minlashga jalb qilishni buyurgan.
Shimoliy Koreya tibbiyot xodimlari daryo, ko‘llar, maishiy oqova suvlarini ham koronavirusga qarshi sinovdan o‘tkazayotgani xabar qilindi.
Mamlakatda apreldan beri isitma bilan og‘rigan bemorlar soni 3,2 mlnga yetgan, 69 ta o‘lim holati qayd etilgan.
Mavzuga oid
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
20:02 / 05.11.2025