Jahon | 18:54 / 30.05.2022
15589
2 daqiqa o‘qiladi

Daniya Rossiya gazi uchun rublda pul to‘lash talabini rad etdi

Daniya kompaniyasi «Gazprom» bilan tuzilgan shartnomada rublda pul to‘lash to‘g‘risidagi shart ko‘rsatilmaganini ta’kidlamoqda. 

Foto: Bloomberg

Daniyaning Ørsted («Ersted») energetika kompaniyasi Rossiya gazi uchun rublda pul to‘lashni rad etdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

«Gazprom eksport» Ørsted kompaniyasidan rublda pul to‘lashni talab qilmoqda. 

Daniya kompaniyasi «Gazprom» bilan tuzilgan shartnomada rublda pul to‘lash to‘g‘risidagi shart ko‘rsatilmaganini ta’kidlamoqda. 

«To‘lovning oxirgi muddati 31 may va Ørsted yevroda pul to‘lashda davom etadi. Shu tarzda, «Gazprom eksport» gaz yetkazib berishni to‘xtatishi xavfi mavjud. Bizning tushunchamiz bo‘yicha, bu shartnomani buzish hisoblanadi», — deyiladi Ørsted bayonotida. 

Mart oxirlarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin «nodo‘st» mamlakatlar bilan gaz savdosini rublda amalga oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Farmonga ko‘ra, bu davlatlar Rossiyadan olingan gaz uchun rublda pul to‘lashi kerak.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid