Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada bir kunda 90 ming kishida «bezgak» aniqlandi
G‘arb Shimoliy Koreyada koronavirus epidemiyasi avj olayotganini bildirdi. KXDR rasmiylari kovid epidemiyasi haqida rasman gapirmayapti va mamlakatda keng tarqalgan kasallikni «bezgak» deb atamoqda.
Shimoliy Koreyada o‘tgan sutka davomida yana 89,5 ming kishida «bezgak» aniqlandi, bu avvalgi kunga nisbatan 980 taga ko‘pdir, deb xabar berdi Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) 29 may, yakshanba kuni Epidemiya tarqalishining oldini olish davlat shtabi ma’lumotlariga tayanib. KXDRda shanba kuni 106 390 kishi tuzalib ketgani, bu juma kungidan 12 230 kishiga kam ekanligi xabar qilingan.
Umuman olganda, xorijlik ekspertlar aslida koronavirus infeksiyasi deb hisoblagan «bezgak» epidemiyasi vaqtida Shimoliy Koreyada 3 448 880 kishi kasallangan, ulardan 3 262 700 nafari tuzalib ketgan, 69 nafari vafot etgan. Infeksiyaga qarshi kurash KXDR partiya va davlat rahbariyatining diqqat markazida.
29 may kuni KXDR yetakchisi Kim Chen In raisligida Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosining yig‘ilishida infeksiya tarqalishining oldini olish dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. «U butun mamlakat bo‘ylab nazorat qilinayotgan va yaxshilanayotgan epidemik vaziyatga ijobiy baho berdi, epidemiyaga qarshi ishlarning dastlabki davrida to‘plangan tajribani yanada mustahkamlash bilan birga, umumiy vaziyatni doimiy barqarorlashtirish va yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi», — deyiladi KMTA xabarida.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
21:21 / 26.12.2025