O‘zbekiston | 08:45 / 02.06.2022
2120
2 daqiqa o‘qiladi

Yil oxirigacha Navoiyda 200ga yaqin “dom” ta’mirlanadi

Joriy yilda “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJning 35,2 mlrd so‘m mablag‘i hisobidan Navoiy shahridagi 161 ta ko‘p qavatli uyni ta’mirlash hamda avariya holatida bo‘lgan 1 ta uyni rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Nuriddin Jumaniyozov ma’lum qildi.

Foto: Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi

Kommunal sohada amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, 2022 yilda Navoiy viloyatidagi ko‘p qavatli uy-joylarni mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha mulkdorlar, respublika budjeti va mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan 14,1 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.

Tasdiqlangan manzilli dasturga asosan 37 ta ko‘p qavatli uyning tom qismi, 84 ta kirish yo‘laklari, 123 ta elektr taqsimlovchi shitlar, 92 ta uyning yerto‘la qismidagi muhandislik tarmoqlari, 60 ta uyning ichki qismidagi muhandislik tarmoqlari va 54 ta uyning fasad qismi ta’mirlanadi. “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJning 35,2 mlrd so‘m mablag‘i hisobidan esa Navoiy shahridagi 161 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlanib, avariya holatida bo‘lgan 1 ta uy rekonstruksiya qilinadi. 

Ko‘p qavatli uylarning tutash hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha 11 ta bolalar maydonchasini qurish va ta’mirlash,

58 dona tashqi yoritish moslamalarini o‘rnatish hamda 9 ta umumfoydalanish hojatxonalarini qurish ham rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 35 dona lift yangisiga almashtiriladi, 10,5 km issiqlik, 1,8 km ichimlik suvi tarmoqlari va 1 ta qozonxona mukammal ta’mirdan chiqariladi.     

Ma’lumot uchun, bugungi kunda viloyatda 31 ta boshqaruv servis kompaniyalari hamda 33 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyat yuritib kelmoqda.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid