Toshkent shahar hokimiyati yangi quriladigan uylardan xonadon sotib olishda e’tiborli bo‘lishga chaqirdi
Poytaxt ma’muriyati aholiga taklif qilinayotgan uylarning qurilish loyihasi davlat ekspertizasidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi hujjatlar bilan tanishishni tavsiya qildi.

Toshkent shahar hokimiyati aholiga murojaat qilib, yangi quriladigan uylardan xonadon sotib olishda e’tiborli bo‘lishga chaqirdi.
«Hozirgi kunda ayrim quruvchi tashkilotlar qurilish loyihasi hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashi tomonidan tasdiqlanmagan va ekspertizadan o‘tmagan ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlarni «qurib berish» shartlarida sotishni taklif etmoqda.
Aksariyat hollarda, bunday xonadonlarni sotib olish uchun shartnoma tuzganlar xonadonni o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish, ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga ulashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Shu jumladan, Toshkent shahar, Taras Shevchenko ko‘chasi, 23-uy manzilida barpo etilishi «rejalashtirilgan» «DAhO ko‘p funksiyali majmuasi» bo‘yicha reklama qilinayotgan 5 ta ko‘p kvartirali uylar loyihasi bo‘yicha hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashi qarori olinmagan va davlat ekspertizasidan o‘tkazilmagan bo‘lsa-da, quruvchi tashkilot xonadonlar sotuvini joriy yil dekabr oyidan boshlab yuborgan».
Hurmatli fuqarolar! Yangi quriladigan uylardan xonadon sotib olishda «sizga taklif etilayotgan qurilishi rejalashtirilgan uy» qurilish loyihasi hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashida ko‘rib chiqilib, davlat ekspertizasidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar bilan tanishing. Loyihasi kelishilmagan, davlat qurilish ekspertizasidan o‘tkazilmagan uydan kvartira sotib olib, o‘zingizni uzoq davom etadigan muammolarga duchor qilmang. O‘z vaqtingizni, mablag‘ingizni sarflashda talabchan bo‘ling!» deyiladi bayonotda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:40 / 12.06.2025
-
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT
Jahon | 23:02 / 12.06.2025
-
Florida gubernatori namoyishchilarni avtomobilda urib yuborish mumkinligini aytdi
Jahon | 23:01 / 12.06.2025
-
Yangi Toshkentda «Peterburg mahallasi» bo‘ladi
O‘zbekiston | 22:28 / 12.06.2025
Mavzuga oid

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi

12:30 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti

10:48 / 26.02.2025