Suhbatimiz may oyi oxirida Buxoroda ötkazilgan Özbekiston Kambağallikni qisqartiriş xalqaro forumi doirasida bölib ötdi. AQŞda istiqomat qiluvçi, Viskonsin universiteti doktoranti bölmiş Hoshimov bu forumdagi sessiyalardan birida moderator sifatida iştirok etdi.

Behzod Hoshimov — Özbekistonlik iqtisodçi va jamoat faoli. «Iqtisodçi kundaligi» blogi, YouTube’dagi Hoşimov’s Economics (Hoshimov Iqtisodiyoti) videoblogi muallifi. U Daron Ajyemöğli va Jyeyms Robinsonning «Mamlakatlar tanazzuli sabablari: Qudrat, farovonlik va kambağallik manbalari» kitobining özbekça tarjimasiga muharrilik qilgan. «Yuksaliş» umummilliy harakati ötkazgan sörovnoma natijalariga köra? Özbekiston blogerlar va inflyuyenserlarining 30 talik röyxatidan joy olgan. Behzod Hoshimov Markaziy Osiyo işlari böyiça Oksus jamiyati, Amerika Iqtisodçilar Assotsiyatsiyasi va AQŞdagi Strategik menejment jamiyati a’zosi. AQŞ Patent va Tovar belgilari idorasidan iqtisodiy model patenti sohibi va Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasi (IEO) hakamlar hay’ati a’zosi. U ayni vaqtda Özbekiston Davlat soliq qömitasi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi a’zosi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Budjet masalalari qömitasi huzuridagi ekspertlar kengaşi va «Mikrokreditbank» kuzatuv kengaşi a’zosi hisoblanadi.

— Bu kabi forumlar muammolar yeçimiga yaqinlaştiradimi, özi ularni ötkazişdan maqsad nima?

— Hamma forumlar haqida bir xil gap aytolmayman. Konferensiya, forum kabi fikr almaşiş maydonlarining juda ham oliyjanob maqsadlari bor – mutaxassislar, olimlar, ekspertlarni bir maydonçaga jamlab, ularga qandaydir masalani beriş. Özbekistonda kambağallik mavjud va uni qanday yeçsa böladi, qanday tajribalarni örgansak böladi va kelajakda iqtisodiy siyosatni tuzayotganimizda boşqa jamiyatlar qilgan xatolarni qilmaslik kabi masalalar kötarilişi uçun bunday forumlarning foydasi bor, desam böladi.

Keyingi qadamlarda, biz iqtisodiy kambağallikka qarşi kuraşiş siyosati ustida öylayotganimizda forumda yangragan mutaxassislar fikrini işlata olamiz. Agar haqiqiy mutaxassislar fikrini eşitsangiz, ular bir neça yillik xatolar va neça milliardlik yöqotişlar oldini oliş borasida maslahat berişadi.