Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urush boshlanganidan beri Rossiyada armiya haqidagi «feyklar» bo‘yicha 55 ta jinoiy ish ochildi
Huquq himoyachisi Pavel Chikov Rossiya Jinoyat kodeksining Rossiya qurolli kuchlari va davlat idoralari haqidagi «feyklar» bo‘yicha yangi moddasi qo‘llanilishi yuzasidan ma’lumotlarni e’lon qildi.
Bugungi kunga qadar Rossiyada RF qurolli kuchlari va davlat idoralari haqidagi «feyklar» yuzasidan yangi modda bo‘yicha 55 ta jinoiy ish ochilgan. Bunday ma’lumotlarni 2 iyun, payshanba kuni Twitter’da advokat, huquq himoyachisi Pavel Chikov taqdim etdi.
«Jami, 24 fevraldan beri Rossiyada urushga qarshi bayonotlar va norozilik namoyishlari bo‘yicha Jinoyat kodeksining 20 moddasi bo‘yicha kamida 160 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi», - deydi u.
Rossiya qurolli kuchlari harakatlari va Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash chaqiriqlari haqidagi «feyklar» uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun 4 mart kuni davlat dumasi tomonidan ikkinchi va uchinchi o‘qishda bir ovozdan ma’qullandi. O‘sha kuni kechqurun ushbu qonunni Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzoladi, shundan so‘ng u kuchga kirdi.
Bir vaqtning o‘zida paydo bo‘lgan Rossiya Jinoyat kodeksining 207.3-moddasida yuqoridagi harakatlar uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki 1,5 million rublgacha jarima nazarda tutilgan. Agar mansab mavqeyidan jinoyat sodir etishda foydalanilgan bo‘lsa yoki harakatlar g‘arazgo‘ylik maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, besh yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki 5 million rublgacha jarima ko‘zda tutilgan. Agar feyk ma’lumotlar jiddiy oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa, aybdor deb topilgan shaxs 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Rossiyada «xorijiy agent» deb tan olingan 160 ta ommaviy axborot vositalarining har to‘rtinchisi Ukrainada urush boshlanganidan beri Adliya vazirligining tegishli reyestriga kiritilgan, deydi Pavel Chikov.
25 fevral kuni «Roskomnadzor» OAV Ukrainadagi vaziyatni yoritishda faqat Rossiyaning rasmiy manbalaridan foydalanishi kerakligi haqida ogohlantirgandi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, «yolg‘on» xabarlar uchun regulyator bloklash va 5 million rublgacha jarima shaklida jazolashi mumkin.
Rossiyada RF qo‘shinlarining Ukrainada harbiy harakatlar boshlashi ortidan ko‘plab mustaqil ommaviy axborot vositalari «maxsus harbiy operatsiya» haqida yolg‘on ma’lumot tarqatishda gumonlanib bloklandi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026