20:00 / 04.06.2022
10554

Oriyent Finans Banki va Xalqaro Islom Savdo-Moliya Korporatsiyasi rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Foto: Oriyent Finans Banki

2022 yil 2-4 iyun kunlari Sharm-el-Sheyx shahrida Oriyent Finans Bank rahbariyati va Islom taraqqiyot banki guruhi a’zosi bo‘lgan Xalqaro Islom Savdo-Moliya Korporatsiyasi (ITFC) bosh direktori janob Sunbul Xani o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Samarali tarzda bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida 24 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasini jalb qilish bo‘yicha o‘zaro yakuniy shartlar imzolandi. Ushbu mablag‘lar kichik va o‘rta biznes loyihalarini , shu jumladan, ayol tadbirkorlik yo‘nalishlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilishi kutilmokda. Ta’kidlash joizki, ikki tomonlama hamkorlik doirasida 2020 yil davomida bank tomonidan umumiy qiymati 15 million AQSh dollari miqdorida 1 yil muddatga moliyalashtirish liniyasi jalb etilgan. 

Uchrashuv yakunida ITFC bosh direktori Oriyent Finans Bank bilan o‘zaro hamkorlikni yuqori baholab, bu hamkorlikning uzoq muddatliligiga va o‘zaro manfaatliligiga katta ishonch bildirdi.

Reklama huquqi asosida

Top