4 mart kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi ITFC örtasida iqtisodiy hamkorlikni çuqurlaştiriş maqsadida 100 mln dollar miqdoridagi «Murabaha» moliyalaştiriş bitimi va agentlik kelişuvi imzolandi.
Vazirlik xabariga köra, bitim Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasi orqali mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaşga qaratilgan.
Mablağ 24 oygaça bölgan muddatga qulay şartlarda ikki tranşda ajratiladi. Uşbu mablağlar Özbekiston aholisining ehtiyojlarini qondiriş, mamlakat agrar sektorining barqarorligi va rivojlanişini qöllab-quvvatlaşga imkon beradi.

Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) Islom taraqqiyot bankining asosiy instituti bölib, uning vazifasi Islom hamkorlik taşkilotiga a’zo davlatlar örtasida iqtisodiy ösiş va savdoni rivojlantirişni rağbatlantirişdan iborat.








