Xalqaro islomiy savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) 2018 yildan buyon Özbekistonda savdo-sotiqni rivojlantiriş uçun moliyaviy kömak körsatib kelmoqda. Uşbu xalqaro moliya instituti Özbekistonga 750 mln dollardan ortiq investitsiya ajratgan.

Korporatsiya boş direktori Xane Salem Sonbol Toşkentga taşrifi davomida Kun.uz'ga bergan intervyusida taşkilotning Özbekiston hukumati, markaziy banki va tijorat banklarida islomiy moliya haqida xabardorlikni oşiriş hamda savdoni moliyalaştiriş böyiça hamkorlikni kengaytirişga tayyor ekanini aytib ötdi.

— Janob Sonbol, korporatsiya va uning Özbekistondagi faoliyati haqida qisqaça ma’lumot bera olasizmi?

— Xalqaro islomiy savdo korporatsiyasi savdoni moliyalaştiriş sohasida xalqaro islom hamkorligiga e’tibor qaratadi. Bu korporatsiya Islom taraqqiyot banki guruhiga kiradi, guruhning savdo bölimi hisoblanadi. Biz savdoni moliyalaştiriş bilan şuğullanamiz, şuningdek, savdoni rivojlantiriş dasturlarimiz ham bor.

Özbekiston – guruhga a’zo davlat va biz köp jihatdan strategik hamkormiz. Biz Özbekistonda ançadan beri işlaymiz. Bugungi kunga qadar 750 million dollarga yaqin hamkorlik bitimlarini imzoladik. Bu – Özbekiston bilan imzolangan birinçi bitim doirasida böldi. Bugun esa yana bir hamkorlik şartnomasini imzoladik. Umid qilamanki, u ham birinçisi kabi muvaffaqiyatli böladi.

Biz, albatta, öz sa’y-harakatlarimizni nafaqat hukumatni, balki xususiy sektor va moliya institutlarini ham qöllab-quvvatlaşga qaratdik. Özbekistondagi köplab moliya institutlari bilan işlaganmiz. Şuningdek, biz maslahat xizmatlarini taqdim etdik. Islomiy moliyalaşda biz Özbekiston rasmiylariga korporatsiyani qöllab-quvvatlaganliklari uçun minnatdorçilik bildiramiz. Hozirda yangi hamkorlik şartnomasi böyiça portfelni diversifikatsiya qilişga harakat qilmoqdamiz va umid qilamizki, portfelga yangi sektorlar kirib kelişadi.

— Korporatsiya şariat qonunlari asosida savdo-moliya operatsiyalarini amalga oşiradi, bu nima degani va u nimalarni öz içiga oladi?

— Ha, bilasizki, islomiy moliya haqiqatan ham insoniyatga xizmat qiladigan bir qança ustunlarga e’tibor qaratadi va bu nafaqat foizsiz moliyalaştiriş, balki u köproq islomiy moliya talab qiladigan axloqiy sohalarni qamrab oladi. Biz islom banki mexanizmlari va islomiy moliyalaştiriş mexanizmlari haqida köproq xabardor bölişlari uçun Özbekistondagi moliya institutlarini qöllab-quvvatladik. Çunki tuşundikki, moliyaviy institutlar orasida haqiqiy konvertatsiya qiliş yoki şu turdagi moliyalaştirişga qaratilgan darçalarga ehtiyoj bor.