Sentyabr oyi oxirida korporatsiyaning savdo-moliya boş menejyeri Abduhamid Abu Toşkentga amaliy taşrif bilan keldi. Taşrif doirasida ISMK'ning Özbekistondagi hamkorlari bilan muzokaralar bölib ötdi. Abduhamid Abu uçraşuvlar natijalari, hamkorlik istiqbollari, xususiy sektorni qöllab-quvvatlaş va yaqin kelajakdagi rejalar haqida sözlab berdi.

— Janob Abuhamid Abu, Xalqaro islomiy savdo va moliya korporatsiyasi haqida ma’lumot bersangiz. Korporatsiyaning global maqsadi nima?

— Xalqaro islomiy savdo va moliya korporatsiyasi (ISMK) – Islom taraqqiyot banki (IsDB) guruhining a’zosi. ITB guruhi tarkibida bizning taşkilotimiz Islom hamkorlik taşkilotiga (IHT) a’zo mamlakatlarda savdoni rivojlantiriş bilan şuğullanadigan yagona korporatsiya hisoblanadi.

ISMK öz faoliyatini 2008 yilda boşlagan. Hozirda biz savdoni moliyalaştiriş va umuman savdo sohasini rivojlantirişni öz içiga olgan keng qamrovli savdo yeçimlari şaklida öz xizmatlarimizni taqdim etamiz. Korporatsiyaning asosiy maqsadi – Islom hamkorlik taşkilotiga (IHT) a’zo davlatlar örtasida savdoni rivojlantiriş, bu – oxir-oqibat odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy şaroitlarini yaxşilaş böyiça umumiy maqsadga erişişga yordam beradi.

Global miqyosda korporatsiya har yili 6 milliard AQŞ dollari miqdorida mablağ ajratadi, ularning bir qismini biz xalqaro bozorlardagi şeriklarimizdan mobilizatsiya qilamiz. ISMK öz faoliyati boşlagandan beri IHTga a’zo mamlakatlarga 70 milliard AQŞ dollaridan köproq mablağ ajratdi, bu esa öz navbatida uşbu mamlakatlar ehtiyojlari uçun savdo yeçimlarining yetakçi provayderi bölişiga imkon berdi. Moliyalaştiriş hamda qöllab-quvvatlaşning asosiy sohalariga energetika, qişloq xöjaligi/oziq-ovqat xavfsizligi va xususiy sektor, asosan kiçik, şuningdek örta biznes kiradi.

— ISMK Özbekistonda qança vaqtdan beri faoliyat yuritmoqda?

— Korporatsiyamiz Özbekiston bilan hamkorlikni 2018 yilda boşlagan. 2019 yilda Özbekiston taşkilotimizga a’zo böldi va şu yili Özbekiston hukumati hamda ISMK 500 million AQŞ dollari miqdoridagi hadli kelişuv imzoladi.

Bugungi kunda biz Özbekistonga taqdim etgan jami moliyalaştiriş hajmi 538 million AQŞ dollarini taşkil etadi, şundan 200 million AQŞ dollari davlat loyihalariga, qolgan 338 million AQŞ dollari esa hamkorlarimiz tomonidan Özbekiston banklari orqali amalga oşirilayotgan kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan. Bugungi kunga qadar ISMK 12 ta bank bilan şartnomalar imzoladi.

Biz Özbekistonda islomiy moliyalaştirişga katta talab va hamkorlik qiliş salohiyati borligini körib turibmiz, şuning uçun biz savdoni moliyalaştiriş orqali islomiy moliyalaştirişning muhimligidan foydalanişga va uni ilgari surişga intilamiz.