Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda 50 sotix yerni 500 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi shaxs o‘ziga tegishli bo‘lmagan 50 sotix yerni 500 millionga sotmoqchi bo‘lganida ushlangan.
Foto: Shutterstock
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, B.Sanam viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga nisbatan firibgarlik qilmoqchi bo‘layotgan shaxsga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Murojaatga asosan, 2022 yil 18 may kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahar Alpomish mahallasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi X.Ikrom o‘ziga tegishli bo‘lmagan shu tuman hududida joylashgan 50 sotix yerni 500 million so‘mga sotishga kelishib, B.Sanamdan 214 million so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan.
Qayd etilishicha, 2022 yil 22 may kuni X.Ikromga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Samarqandda 70 sotix yerni 68 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.
Mavzuga oid
13:13 / 30.12.2025
Farg‘ona vodiysi va Surxondaryoga tezyurar elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
17:52 / 24.12.2025
Prezident Surxondaryoni investitsiya va aholi daromadi eng tez o‘sadigan hududga aylantirish vazifasini qo‘ydi
10:22 / 13.12.2025
Nohaq sudlangan surxondaryolik yolg‘iz onaning ishi qayta ko‘rib chiqiladi
10:20 / 12.12.2025